» » O‘zbekiston DXX MDH mamlakatlaridagi hamkasblari bilan 112 jangarini qo‘lga tushirdi

O‘zbekiston DXX MDH mamlakatlaridagi hamkasblari bilan 112 jangarini qo‘lga tushirdi


Rossiya Federatsiyasi Federal xavfsizlik xizmati direktori Aleksandr Bortnikov o‘tgan yil mobaynida MDH mamlakatlaridagi hamkasblari bilan o‘tkazilgan xalqaro terroristik tashkilotlarning hujayralarini yo‘q qilish bo‘yicha maxsus operatsiyalar natijalarini e’lon qildi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.

“Shunday qilib, Ozarbayjon, Tojikiston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston hamkorligida sakkizta IShID bo‘linmasi va boshqa terrorchi tashkilotlar aniqlandi. 112 nafar jangari qo‘lga olindi”, — deydi Bortnikov.

Bundan tashqari, Qozog‘iston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi O‘zbekistonning 4 nafar, Tojikistonning 11 nafar va Qirg‘izistonning 3 nafar  fuqarosini hamkorlarining razvedka xizmatiga topshirdi. Ularning barchasi terrorizm va diniy ekstremizmga aloqadorlikda gumonlanib hibsga olingan.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-05-2019, 18:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 55) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют