» » “Lokomotiv” OChLni irodali g‘alaba bilan yakunladi

“Lokomotiv” OChLni irodali g‘alaba bilan yakunladi


21-may, seshanba kuni futbol bo‘yicha Osiyo Chempionlar Ligasi guruh bosqichi 6-turida Andrey Fyodorov qo‘l ostidagi Toshkentning “Lokomotiv” klubi o‘z maydonida Qatarning “Ar-Rayan” klubini qabul qildi.

Uchrashuv davomida mehmon jamoa a’zolari Rodrigo Tabata (2) va Gonsalo Viyera (22) urgan gollarga “temiryo‘lchilar” Sardor Mirzayev (35) hamda Temurxo‘ja Abduholiqovning (47, 61) gollari bilan javob qaytardi.

Shu tariqa “Lokomotiv” musobaqa guruh bosqichining 6-turida “Al-Rayan”ni 3:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi va jamoa “B” guruhida 7 ochko jamg‘argan holda guruh bahslarini 3-o‘rinda yakunladi.

OChL

6-tur bahsi

21-may, seshanba

Gollar: 0:1 — 2 Tabata, 0:2 — Viyera, 1:2 — 35 Mirzayev, 2:2 — Abduholiqov, 3:2 — 61 Abduholiqov

“Lokomotiv”: Ma’mur Ikromov, Anzur Ismoilov, Azizbek Haydarov (Yovan Jokich, 90+3), Sardor Mirzayev, Temurxo‘ja Abduholiqov, Husniddin G‘ofurov, Islom To‘xtaxo‘jayev, Shuhrat Muhammadiyev, Oleg Zoteyev, Arslonmurod Omonov, Diyorjon Turopov (Jamshid Iskanderov, 75)

“Ar-Rayan”: Fahad Yunus, Muhammad Olovuddin, Gemin Rivas, Lukka, Rodrigo Tabata, Muhammad Sayyar, Gonsalo Viyera (Yusuf Umar, 46), Muhammad Juma, Sebastyan Soriya Kuintana, Daniel Gumu (Ahmad Al Saadi, 46), Ahmad Masud

Ogohlantirishlar: Rodrigo Tabata (16), Sebastyan Soriya (39), Lukka (45+3), Muhammad Olovuddin (69)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-05-2019, 21:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 73) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют