» » O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Berlin yoshlari bilan Andijonda durang o‘ynadi

O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Berlin yoshlari bilan Andijonda durang o‘ynadi


Futbol bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Berlindan tashrif buyurgan tengqurlari bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazdi.

Andijondagi “Sog‘lom avlod” stadioni mezbonlik qilgan uchrashuv tomonlarning 1:1 hisobida durang natijasi bilan yakunlandi.

Ta’kidlash joiz, O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi 23-may kuni Namangan shahrida Berlin futbol assotsiatsiyasining yoshlar jamoasi (U18) bilan yana bitta o‘rtoqlik uchrashuvida ishtirok etadi.

“Daryo”ga ma’lum qilinishicha, Berlin futbol assotsiatsiyasi 2020-yilning may oyida Germaniyada o‘zbekistonlik futbolchilar bilan o‘zaro javob o‘yinlarini tashkil etishga tayyor.

Ta’kidlash joiz, hozirgi kunda Berlin futbol assotsiatsiyasi erkaklar, ayollar va bolalardan tashkil topgan 391 ta klubni birlashtirgan. Assotsiatsiyada 1 500 ga yaqin litsenziyaga ega murabbiy hamda 1 200 ga yaqin hakam mavjud. Har hafta Berlinda assotsiatsiya ishtirokida 1,5 mingga yaqin futbol uchrashuvlari tashkil etiladi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-05-2019, 22:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют