» » Toshkent viloyatida 50 ta mehmon uyi tashkil etiladi

Toshkent viloyatida 50 ta mehmon uyi tashkil etiladi


Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi “Har bir oila – tadbirkor” dasturi doirasida aholi orasida mehmon uylarini tashkil etish bo‘yicha targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazmoqda. Bu haqda “Xalq so‘zi” xabar beradi.

Bunda asosiy e’tibor sayyohlarni ko‘proq qiziqtirayotgan Bo‘stonliq, Parkent va Ohangaron tumanlari, shuningdek, Angren shahrida joylashtirish vositalariga bo‘lgan talabni to‘laqonli qondirish qaratilmoqda.

Xonadonma-xonadon yurilib, oilaviy mehmon uylarini tashkil etish tartibi, imtiyozlari bo‘yicha tushuntirishlar natijasida turizm salohiyati yuqori bo‘lgan tumanlarda oilaviy mehmon uylarini tashkil etish istagini bildirgan 50 dan ortiq tashabbuskor aniqlandi. Demak, yaqin orada shuncha mehmon uyi tashkil etiladi.

Ayni vaqtda ularning ro‘yxati “Har bir oila – tadbirkor” dasturi doirasida kreditlar ajratilishi uchun mutasaddi tashkilotlarga yuborildi. Ularni monitoring qilish mexanizmi joriy qilinmoqda.

Ma’lumot o‘rnida aytish joizki, Toshkent viloyatiga har yili o‘rtacha 550 000 nafar xorijiy va 3 200 000 nafar mahalliy sayyoh keladi. Ayni vaqtda esa ularga viloyatdagi 72 ta mehmonxona, 56 ta oilaviy mehmon uy xizmat ko‘rsatmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-05-2019, 07:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 23) ( 0) ( 21) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют