» » O‘zbekistonda Speaking to the media loyihasi amalga oshiriladi

O‘zbekistonda Speaking to the media loyihasi amalga oshiriladi


“Yuksalish” umummilliy harakati vakillari Buyuk Britaniya hukumati huzuridagi Kommunikatsiyalar bo‘yicha davlat xizmati delegatsiyasini qabul qildi.

Uchrashuv davomida Strategik kommunikatsiyalar yo‘nalishi rahbari Jeymi Ballantayn Kommunikatsiyalar bo‘yicha davlat xizmati faoliyati, tashkilot tomonidan muvaffaqiyatli amalga oshirilgan loyihalar haqida ma’lumot berdi. Xususan, qator davlatlarning matbuot xizmatlari faoliyatini rivojlantirish, idoralararo kampaniya va davlat darajasida olib boriladigan ommaviy kommunikatsiyalar ishlab chiqish bo‘yicha tajribalari bilan o‘rtoqlashdi.

Kommunikatsiyalar bo‘yicha davlat xizmati vakillari bugungi kunda O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarni diqqat bilan kuzatayotganliklari hamda qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalarni o‘rnatishdan mamnunliklarini bildirdi.

Uchrashuv davomida tomonlar Kommunikatsiyalar bo‘yicha davlat xizmati tomonidan amalga oshirilgan Speaking to the media loyihasini O‘zbekistonda joriy etish imkoniyatlarini ko‘rib chiqishga kelishib oldi.

Ta’kidlanishicha, ushbu loyiha vazirlik va idoralar matbuot xizmatlari hamda mutaxassislarining OAV bilan ishlash samaradorligini oshiradi hamda keng jamoatchilik uchun axborotni to‘g‘ri yetkazish bo‘yicha ko‘nikmalarni rivojlantirishga xizmat qiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-05-2019, 08:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 91) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют