» » Tataristonda Rossiya miqyosida eng yirik iftorlik dasturxoni yoziladi

Tataristonda Rossiya miqyosida eng yirik iftorlik dasturxoni yoziladi


Rossiyada eng yirik iftor oqshomlaridan biri ikki yillik tanaffusdan so‘ng “Qozon-arena” stadionida bo‘lib o‘tadi va unda 15 ming ro‘zador mehmon qilinadi. Bu haqda Tatariston muftiysi Komil Samigullin ma’lum qildi.

“Respublika iftori 25-may kuni yettinchi marta bo‘lib o‘tadi. Biz 15 ming nafar ro‘zadorni mehmon qilish niyatidamiz. Ularning barchasi dasturxon atrofida iftorlikda. Bizda bunaqasi hali bo‘lmagan”, — dedi Samigullin.

An’anaviy ravishda iftorda ko‘p bolali va kam ta’minlangan oilalar, sog‘liq borasida imkoniyat cheklangan odamlar ishtirok etadi. Shu bilan birga, iftorga turli darajadagi rahbarlar, jamoatchilik va diniy tashkilot vakillari, Eron, Turkiya va Qozog‘istonning bosh konsullari ishtirok etadi.

Mehmonlar jonli ijroda nashida va munojotlardan bahramand bo‘ladi. Iftor dasturida mashhur tatar diniy arboblarining va’zlari va futbol maydonida ochiq osmon ostida jamoat namozi ko‘zda tutilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-05-2019, 11:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 56) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют