» » Alisher Shodmonov Jahon sog‘liqni saqlash assambleyasining 72-sessiyasida nutq so‘zladi

Alisher Shodmonov Jahon sog‘liqni saqlash assambleyasining 72-sessiyasida nutq so‘zladi


Shu kunlarda Jenevada Jahon sog‘liqni saqlash assambleyasi (JSSA)ning 72-sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda, deb xabar berdi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.

Unda dunyodagi 190 dan ortiq mamlakat vakillari, jumladan, 150 ga yaqin sog‘liqni saqlash vazirlari, shuningdek, yetakchi xalqaro tashkilotlar, yirik korporatsiyalar, nufuzli xalqaro jamg‘armalar va akademiyalar vakillaridan iborat uch mingga yaqin delegatlar ishtirok etmoqda. Jumladan, unda O‘zbekiston delegatsiyasi ham qatnashmoqda.

E’tiborli jihati, avval xabar qilinganidek, ushbu sessiya doirasida mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov JSSAning Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) Yevropa mintaqasi bo‘yicha vitse-prezidenti etib saylandi.

Qayd etish joizki, Jahon sog‘liqni saqlash assambleyasi Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST)ning oliy organi bo‘lib, unda barcha a’zo davlatlarning delegatsiyalari ishtirok etadi. Uning asosiy vazifalari JSST faoliyatining muhim yo‘nalishlarini aniqlash, tashkilotning bosh direktorini tanlash, budjetni tasdiqlash va nazorat qilishdan iborat.

Sessiya doirasida O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov so‘zga chiqib, O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash sohasida olib borilayotgan islohotlar haqida batafsil to‘xtalib o‘tdi. Qayd etilganidek, fuqarolarni sifatli tibbiy xizmat bilan to‘liq qamrab olish masalasiga davlat siyosati darajasida e’tibor qaratilib, so‘nggi uch yil davomida tibbiyot sohasida 150 dan ortiq huquqiy hujjat qabul qilindi.

Bu ham bo‘lsa soha rivoji O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning shaxsan e’tiborida ekanidan dalolatdir. Jumladan, aholiga birlamchi tibbiy yordam, shoshilinch va ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmat ko‘rsatish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qator qarorlar qabul qilindi.

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vaziri, shuningdek, transplantologiya, kardiojarrohlik, immunoprofilaktika, xususiy tibbiyot sektorini rivojlantirish, psixiatriya, ftiziatriya va endokrinologik yordamni takomillashtirish, sog‘lom turmush tarzi va jismoniy faollikni qo‘llab-quvvatlash borasida erishilgan natijalar haqida ham ma’lumot berdi.

O‘zbekiston tibbiyot tizimini tubdan isloh qilishga qaratilgan 2019 — 2025-yillarda O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish konsepsiyasi yig‘ilish ishtirokchilarida, ayniqsa, katta qiziqish uyg‘otdi.

Eslatib o‘tamiz, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bosh direktori Tedros Adxanom Gebreyesus JSSA sessiyasi ochilish marosimidagi chiqishida O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash sohasida erishgan yutuqlarni e’tirof etib, dunyoning oz sonli mamlakatlari qatorida O‘zbekiston o‘z hududida bezgakni to‘liq yo‘q qilishga erishganini alohida ta’kidlagan edi.

Sessiya 28-maygacha davom etadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-05-2019, 14:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 122) ( 0) ( 121) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют