» » Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 211-maktab o‘quvchilari atom texnologiyalari axborot markazi bilan tanishdi

Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 211-maktab o‘quvchilari atom texnologiyalari axborot markazi bilan tanishdi


Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 211-maktabning 9- sinf o‘quvchilari Atom texnologiyalari axborot markaziga atshrif buyurdi. Bu haqda “O‘zatom” agentligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ularga atom texnologiyalari bilan bog‘liq bo‘lgan ma’lumotlar maxsus eksponatlar yordamida tushuntirib berildi.

“Aytish joiz, VVER – 1200 reaktorlariga ega AES maketi – nafaqat maktab yoshidagi bolalar, balki kattalarda ham haqiqiy atom elektr stansiyasi tasavvurini uyg‘ota oladi. Ishlanma vositasida yadroviy inshootning ish prinsipi, tarkibiy qismlari va o‘ziga xosliklari haqida bilib olish mumkin”, — deyiladi xabarda.

“Fizika o‘qituvchisi sifatida ayni soha naqadar murakkabligini yaxshi bilaman. Demak, har bir kishiga atom va u bilan bog‘liq texnologiyalarni yaxshiroq tushunish imkonini beruvchi markaz o‘z vaqtida tashkil etildi. Bolalarda har bir yo‘nalishga haqiqiy qiziqishni ko‘rdim. Katta sohaning eng kichik ma’lumotlarini ham diqqat bilan tinglayotganlari bejiz emas. Chunki reaktorlardagi jarayonlar, yadro energiyasining tibbiyotda, qishloq xo‘jaligida qo‘llanilishi haqida ma’lumot beruvchi stendlar kishi diqqatini butunlay o‘ziga qaratadi. Biz bu yerga hali ko‘p, boshqa sinf o‘quvchilari bilan ham albatta kelamiz” — deydi 211-maktab fizika fani o‘qituvchisi Galina Jestovskix.

Mazkur maktabning yana bir o‘quvchisi Ayana Ahmedova jumladan shunday deydi:

“Men avvallari AES qurilishi tabiatga ham, odamlarga ham zarar keltiradi, deb o‘ylardim. Chunki ota – onamdan Chernobil voqealari haqida ko‘p eshitganman. Agar shunday stansiya O‘zbekistonda ham qurilsa, boshqa yerga ko‘chib ketaman, derdim xazillashib. Bugun olgan ma’lumotlardan yaxshi tushunib oldim – Atom stansiyasining tabiatga zarari yo‘q ekan. Aksincha, iqlim o‘zgarishlari, masalan, global isishning oldi olinadi”.

Kasb tanlovi arafasida turgan o‘spirinlarga Toshkentda ochilishi kutilayotgan Moskva muhandislik – fizika instituti filiali haqida ham to‘liq ma’lumot berildi.

“Bolaligimdan fizik bo‘lishni orzu qilardim. Bugun tanlovim to‘g‘ri ekanligiga amin bo‘ldim. Chunki juda ko‘p yangi jihatlarni o‘rganib, atom bilan bog‘liq ba’zi afsonalar to‘qima ekanligini tushundim. Asosiysi, tinchlik yo‘lidagi atom energetikasi insonning zaruriy ehtiyojlarini ta’minlovchi muhim sohaligiga yana bir bor amin bo‘ldim. Kelajakdagi ta’lim bilan bog‘liq rejam aniq – Toshkentda ish boshlaydigan Moskva muhandislik – fizika instituti filialida tahsil olmoqchiman”, — deydi yana bir maktab o‘quvchisi Yerjan Sultanbayev.

Qayd etish lozim, mazkur oliygohga qabul shu yildan boshlanadi. Ta’lim grant asosida tashkil etiladi. Institut bitiruvchilari “O‘zatom” agentligining tarkibiy bo‘linmalarida ish bilan ta’minlash kafolatlanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-05-2019, 14:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 157) ( 0) ( 156) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют