» » “O‘zbekneftgaz” AJ yil oxirigacha uchta kompaniyaga bo‘linadi

“O‘zbekneftgaz” AJ yil oxirigacha uchta kompaniyaga bo‘linadi


Bloomberg nashrida O‘zbekistonning neft va gaz sohasidagi islohotlariga bag‘ishlangan maqola chop etildi, deb xabar berdi O‘zbekiston energetika vazirligi matbuot xizmati.

Material kompaniya raisi Bahodirjon Siddiqov bilan bo‘lgan suhbat asosida tayyorlangan.

Maqola muallifi Zulfugar Agayev ta’kidlaganidek, “O‘zbekneftgaz” MXKni qayta tashkil etishdan maqsad neft-gaz sohasi samaradorligini, uning shafofligini oshirish va xorijiy kapitalni jalb qilishdir.

Bloomberg jurnalisti neft va gaz sohasidagi bunday yirik islohotlar jarayonini O‘zbekistonda bir necha o‘n yillar davom etgan o‘zini-o‘zi ihotalash jarayoni yakunlanganiga bog‘laydi. Shuningdek, O‘zbekiston Markaziy Osiyodagi aholisi eng ko‘p mamlakat ekanligi, sobiq Ittifoq respublikalari orasida tabiiy gaz ishlab chiqaruvchi uchta yirik davlatdan biri kabi zalvorli omillar ham ta’kidlangan.

“Hukumat qo‘shimcha xorijiy sarmoyalarni jalb qilish bo‘yicha sa’y-harakatlarni kuchaytirdi, chunki 2025 yilga qadar gaz qazib olish hajmini 17 foizga oshirish maqsad qilib qo‘yilgan”, deya ta’kidlanadi “O‘zbekistonda davlat gaz ishlab chiqaruvchisi bo‘linadi” deb nomlangan maqolada.

“ ‘O‘zbekneftgaz’ AJ joriy yil oxirigacha uchta alohida kompaniyaga bo‘linadi. Ulardan biri gaz va neft ishlab chiqaradi, neftni qayta ishlash zavodlarini boshqaradi, ikkinchisi neft quvurlarini boshqaradi, uchinchisi esa gazni taqsimlashni nazorat qiladi", deb xabar bergan Bloomberg kompaniya boshqaruvi raisi Bahodirjon Siddiqovning so‘zlariga tayanib.

Nashr shuningdek, O‘zbekistonda xorijiy valyutani liberallashtirish va iqtisodiy ma’lumotlarning oshkoraligini ta’minlash kabi iqtisodiy islohotlarning muhim qadamlari amalga oshirilganini qayd etgan. Mamlakat prezidenti Shavkat Mirziyoyevning ushbu qarorlari Xalqaro valyuta jamg‘armasi tomonidan yuksak baholandi.

Maqolada Bahodirjon Siddiqovning gaz taqsimlash tizimida davlat-xususiy hamkorligini joriy etish rejasi haqidagi gaplari ham keltirilib, kelgusi olti yil mobaynida ushbu loyihalar uchun 30 milliarddan ortiq to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish ko‘zda tutilgani bayon etilgan.

Qayd etilishicha, “O‘zbekneftgaz” AJ 2019-yilning birinchi to‘rt oyi davomida 1,2 milliard AQSh dollar miqdorida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni (TXI) jalb etgan, bu esa dastlab rejalashtirilgan 550 million AQSh dollaridan ikki baravar ko‘p, deganidir.

Neft va gaz sohasining yanada ochiq bo‘lishini, xususan, “O‘zbekneftgaz” AJning Credit Suisse Group AG va boshqa kompaniyalar bilan taxminan kelgusi yilda 1 milliard AQSh dollari miqdoridagi yevrobondlarni sotishni tashkil etish bo‘yicha muzokaralar olib borayotgani ham tasdiqlaydi, deb yozadi nashr kompaniya boshqaruvi raisining so‘zlaridan iqtibos keltirib. Ta’kidlanishicha, shu yilning fevral oyida 1 milliard dollarlik yevrobondlar allaqachon sotilgan.

“Bu yil ‘O‘zbekneftgaz’ AJ 43 milliard kubometr gaz qazib olishni rejalashtirmoqda. Umuman olganda, mamlakat gaz qazib olishni 2018-yildagi 60 milliarddan 63,6 milliard kub metrgacha, 2025 yilga borib esa 70 milliard kub metrga yetkazishni mo‘ljallamoqda", deyiladi maqolada.

“Lukoyl” YoAJ, “Gazprom” AJ, Xitoy Milliy neft-gaz korporatsiyasi kabi sohaning dunyoda yetakchi bo‘lgan kompaniyalari bilan faol hamkorlik qilinmoqda. Hukumat topshirig‘iga ko‘ra, VR PLc va Total SA kompaniyalari bilan muzokaralar olib borilyapti.

Nashrning qayd etishicha, bugungi kunda mamlakatda gazga bo‘lgan ichki ehtiyoj 40 milliard kubometrni tashkil etadi. O‘zbekiston gazni Rossiya, Qozog‘iston, Tojikiston va Qirg‘izistonga eksport qiladi. O‘tgan yili Xitoyga uchta quvur orqali gaz yetkazib berish hajmi 9 milliard kubometrga yetdi va to‘rtinchi liniyani ishga tushirish orqali bu hajmni oshirish rejalashtirilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-05-2019, 16:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют