» » Pingvinlar olimlar o‘ylagandan 3 barobar ko‘p bo‘lib chiqdi

Pingvinlar olimlar o‘ylagandan 3 barobar ko‘p bo‘lib chiqdi


Olimlar 2016-yilda Adeli pingvinlarining sonini hisoblab chiqdi va vahimaga tushdi: ularning hisob-kitobiga ko‘ra, ushbu turdagi qushlarning soni keskin ravishda qisqargan. Biroq xulosa noto‘g‘ri bo‘lib chiqdi: hisob-kitobda xatolar topildi va haqiqiy raqam uch barobar ko‘proq bo‘lib chiqdi. Bu haqda National Geographic xabar bermoqda.

Adeli (Pygoscelis adeliae) pingvinlari Antarktida qirg‘oqlari va unga yaqin bo‘lgan Janubiy Shetlandiya va Orkney orollarida ko‘payadi. 2016-yil ma’lumotlariga ko‘ra, ularning soni 2,5 millionni tashkil qildi. Bu ko‘rsatkich 2015-yilgiga nisbatan kamroq bo‘ldi.

Ammo yer va fazodan olingan suratlarni tahlil qilgan ornitologlar ushbu ma’lumotlarni rad etdi. Aniqlanishicha, ko‘p sonli pingvinlar yakka tartibda hayot kechiradi. Ularning soni 3,6 millionni tashkil etadi. Bu esa avlod qoldiradiganlardan 1,5 barobar ko‘p demakdir.

Shunday qilib, Yer sayyorasida Adeli pingvinlarining soni 6 millionga yetmoqda. Biroq olimlar xursand bo‘lishga shoshilmayapti. Global issiqlik ko‘pchilik jonzotlarning, shu jumladan, pingvinlarning tabiiy muhitda yashashining yo‘qolishiga olib kelmoqda.

Harorat ko‘tarilishi tufayli muzliklar soni kamayadi, uning o‘rnida esa erigan suv paydo bo‘ladi. Pingvinlar esa odatdagi joylarga tuxum qo‘yadi va buning natijasida ulardan ayriladi. Bunday sharoitda polaponlar yoki tuxumdan chiqa olmaydi yoki suv ichida dunyoga kelganida sovuqdan vafot etadi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (19-03-2017, 18:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют