» » O‘zbekiston Davlat soliq qo‘mitasi soliq islohoti natijalarini ma’lum qildi

O‘zbekiston Davlat soliq qo‘mitasi soliq islohoti natijalarini ma’lum qildi


Davlat soliq qo‘mitasi yanvar-aprel oylari yakunlarini sarhisob qildi. Bu haqda Spot xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur davrda qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilari soni 6,2 barobar oshdi — bu 41,7 mingta tadbirkorlik subyekti demakdir.

Yer solig‘i to‘lovchilari soni 5,8 barobar ortib, 74,7 mingtaga yetdi, mol-mulk solig‘i to‘lovchilari esa 65 mingtaga yetdi.

Ushbu davrda suv solig‘i to‘lovchilari 50,9 mingtaga yetib, 14,8 baravarga oshdi. Foyda solig‘i to‘lovchilari soni 4,7 barobar ortib, 35,5 mingtaga yetdi.

Shuningdek, daromad solig‘ini to‘layotgan jismoniy shaxslar soni 4,8 million kishiga yetdi, ya’ni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 456 mingga oshdi.

Natijada budjetga soliq tushumlari 25,2 trillion so‘mni tashkil etdi, o‘tgan yilning mos davrida 15,3 trillion so‘m tushum bo‘lgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-05-2019, 18:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют