» » Qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilari soni bir chorakda 5 barobar ko‘paydi

Qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilari soni bir chorakda 5 barobar ko‘paydi


Davlat soliq xizmati organlari soliq islohotlarining yangi davrida qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) ma’murchiligini va soliq hisobotlarini soddalashtirishga alohida e’tibor qaratmoqda. Bu haqda O‘zA xabar beradi.

Davlat soliq qo‘mitasi axborot xizmatining ma’lumotiga qaraganda, hisobot shakllarining 9 ta ilovasi 5 taga kamaytirilgan bo‘lsa, hisobvaraq-fakturalarning elektron ko‘rinishi sinov tariqasida Navoiy va Sirdaryo viloyatlari hamda Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida qo‘llanilmoqda.

Natijada joriy yil birinchi choragi yakunlariga ko‘ra, QQS to‘lovchilari soni 5 barobarga ko‘payib, 35 mingtaga yetdi. Ushbu soliq orqali tushgan mablag‘lar 5,2 trln. so‘mni tashkil qildi va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2 barobarga oshdi.

Shu bilan birga, joriy yildan QQS to‘loviga o‘tgan 26 mingta yangi soliq to‘lovchi subyektlarning 7,4 mingtasi hisobotlarini nol va 5,5 mingtasi manfiy summada taqdim etgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida, 4-aprel kuni “2019-yilning birinchi choragi yakunlari bo‘yicha Davlat budjetiga tushumlar va eksport prognozlari ijrosi natijadorligi hamda birinchi yarim yillik uchun belgilangan ko‘rsatkichlarning so‘zsiz bajarilishini ta’minlash” yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblashning samarali va sodda mexanizmlari ishlab chiqilmaganligi tanqid qilingan edi.

Hozirda QQS ma’murchiligini to‘liq avtomatlashtirish va tadbirkorlik subyektlariga qulay raqobat sharoitini yaratish bo‘yicha tegishli qaror loyihasini ishlab chiqish maqsadida Jahon bankining ekspertlar guruhi bilan hamkorlikda ish olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-04-2019, 20:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 93) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют