» » Moliya vazirining davlat budjeti masalalari bo‘yicha o‘rinbosari tayinlandi

Moliya vazirining davlat budjeti masalalari bo‘yicha o‘rinbosari tayinlandi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-maydagi PQ-4327-sonli Qaroriga asosan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining davlat budjeti masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga Sharaxmetov Shaxrux Shaturgunovich tayinlandi. Bu haqda Moliya vazirligi Telegram-kanalida xabar berildi.

Sharaxmetov Sh.Sh. 1977-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, millati o‘zbek, ma’lumoti oliy. 1998-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini va 1999-yilda Buyuk Britaniyaning Ekseter universitetini iqtisodchi, moliya va investitsiyalar mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.

Tayinlovga qadar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish, investitsion va tashqi iqtisodiy siyosatni amalga oshirish masalalari bo‘yicha bo‘linmasining bosh konsultanti lavozimida samarali faoliyat ko‘rstib kelgan. Moliya – iqtisod sohasidagi ish staji 18 yil.

Sharaxmetov Sh.Sh. ijtimoiy soha — ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport, shuningdek fan sohalari moliyasini yaxshi tushunadigan, budjet mablag‘larini boshqarish va oqilona foydalanish tartib-qoidalarini, shuningdek davlat budjet siyosatining istiqboldagi ustivor vazifalarini chuqur biladigan salohiyatli mutaxassis bo‘lib hisoblanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-05-2019, 19:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 57) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют