» » Farg‘onada harbiy xizmatchilarning farzandlariga OTMga kirish tavsiyanomalari topshirildi

Farg‘onada harbiy xizmatchilarning farzandlariga OTMga kirish tavsiyanomalari topshirildi


Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlarida harbiy xizmatchilarning farzandlariga kvota asosida oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishi uchun tavsiyanomalarni topshirishga bag‘ishlangan tantanali tadbir o‘tkazildi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.

Unda Mudofaa vazirligi markaziy apparati mas’ul ofitserlari, ShHO qo‘shinlari qo‘mondonligi vakillari, harbiy xizmatchilarning oila a’zolari ishtirok etdi. Ta’kidlash kerakki, O‘zbekiston Prezidenti tashabbusi bilan harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolarini ijtimoiy himoyasiga qaratilgan mazkur imtiyozdan okrug hisobida jami 72 nafar harbiy xizmatchining farzandi ega bo‘ldi.

Ushbu tavsiyanomalar mamlakat mudofaa qudratini mustahkamlashga munosib hissa qo‘shgan, jangovar-xizmatda va ilmiy faoliyatda muayyan natijalarga erishgan haqiqiy xizmatni o‘tayotgan ofitserlarga, serjantlar va oddiy askarlar tarkibiga mansub bo‘lgan, kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilarga – ular farzandlarining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishi uchun bevosita komandirlarning (boshliqlarning) tavsiyasi bo‘yicha beriladi.

2018-yilda respublika bo‘ylab jami 565 nafar harbiy xizmatchilarning farzandlariga tavsiyanomalar berilgan bo‘lib, ularning 280 nafari talabalikka qabul qilingan edi.

Hozirgacha Toshkent harbiy okrugi hamda Toifalangan obyektlarni qo‘riqlash qo‘shinlari qo‘mondonligida umumiy hisobda 177 nafar abituriyentga tavsiyanomalar berildi. Qolgan okruglarda ham shu turdagi tavsiyanomalarni berish marosimlari o‘tkazilmoqda.

Shuningdek, Farg‘ona garnizonidagi harbiy qism va muassasalarining 3000 dan ortiq harbiy xizmatchilari va ularning oila a’zolari ishtirokida “Biz sog‘lom turmush tarzi tarafdorimiz” shiori ostida yurish aksiyasi o‘tkazildi. Hozirgi kunda aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, yosh avlodni jismonan chiniqtirish va sport orqali ayollar salomatligini yanada mustahkamlash ustuvor vazifalardan hisoblanmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-05-2019, 21:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 118) ( 0) ( 117) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют