» » Abdulaziz Komilov Bishkekda Xitoy tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi

Abdulaziz Komilov Bishkekda Xitoy tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi


Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Bishkekda Xitoy Davlat kengashi a’zosi, tashqi ishlar vaziri Van I bilan uchrashdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati ma’lum qildi.

Tashqi siyosat idoralari rahbarlari 2019-yil 25-aprel kuni Pekin shahrida bo‘lib o‘tgan “Bir makon, bir yo‘l” ikkinchi xalqaro forumi ishida ishtirok etish doirasida Prezident Shavkat Mirziyoyev va rais Si Szinpinning ikki tomonlama uchrashuvi chog‘ida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalariga asosiy e’tibor qaratdi.

Vazirlar Bishkekda bo‘lib o‘tadigan ShHT sammitiga tayyorgarlik masalalarini muhokama qildi va uning muvaffaqiyatli yakunlanishidan manfaatdor ekanliklarini ta’kidladi.

Uchrashuvda dolzarb xalqaro va mintaqaviy masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-05-2019, 23:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют