» » Toshkentda o‘quv-simulyatsiya markazi foydalanishga topshirildi

Toshkentda o‘quv-simulyatsiya markazi foydalanishga topshirildi


Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti va GE Healthcare kompaniyasi hamkorligida o‘quv-simulyatsiya markazi foydalanishga topshirildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

— Bu o‘quv-simulyatsiya markazi soha mutaxassislarining amaliy ko‘nikmalarini shakllantirish va rivojlantirishda muhim o‘rin egallaydi. Unda tinglovchilar olgan nazariy bilimlarini zamonaviy ultratovushli uskunalarda amalda sinab, o‘z bilimini mustahkamlaydi, — dedi institut professori Akram Fozilov. —Birinchi navbatda bu ayollar sog‘lig‘i va prenatal tashxis bilan shug‘ullanuvchi shifokorlarga taalluqlidir. GE Healthcare O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimini modernizatsiya qilish loyihalarida faol ishtirok etib kelmoqda. Xususan, perinatal tibbiy xizmatni rivojlantirish davlat dasturi doirasida mamlakatdagi 200 ta ko‘p tarmoqli poliklinika kompaniyaning so‘nggi ultratovush tashxis qo‘yish skanerlari bilan ta’minlandi.

Markazda tinglovchilarga mahalliy va xorijlik mutaxassislar akusherlik, ginekologiya, kardiologiya va umumiy vizuallashtirish yo‘nalishlari bo‘yicha ta’lim beradi. Bu yerda GE Healthcare kompaniyasining zamonaviy ultratovushli tibbiy tashxis uskunasi, interaktiv anatomik atlas va ultratovushli fetal fantom o‘rnatilgan bo‘lib, shifokorlar nazariy bilim olish bilan bir qatorda yuqori texnologik uskunalarda tadqiqotlar o‘tkazishi mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-05-2019, 23:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют