» » Aydar-Arnasoy ko‘llarida investitsiya kiritiladigan maydonlar aniqlandi

Aydar-Arnasoy ko‘llarida investitsiya kiritiladigan maydonlar aniqlandi


Jizzaxda Aydar-Arnasoy ko‘llar hududlarida turizmni rivojlantirish maqsadida investitsiya kiritish sharti bilan taklif etiladigan yer maydonlarining ro‘yxati shakllantirildi, bu haqda O‘zA xabar qiladi.

Jizzax viloyatida turizmni rivojlantirishda noyob tabiiy hudud bo‘lgan Aydar-Arnasoy ko‘llari tizimining alohida o‘rni bor. Ushbu hududning turistik infratizimni rivojlantirishda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining joriy yil 22-apreldagi “Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimining biologik resurslaridan foydalanish samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida“gi qarori muhim ahamiyat kasb etayotir.

Mazkur hujjatda belgilangan beshta ustuvor vazifadan biri hududga investitsiya jalb etish turizmni rivojlantirishning muhim sharti hisoblanadi. Hududga investitsiyalar kiritish, shu jumladan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish faqat baliqchilikni rivojlantirish emas, turizmni yo‘lga qo‘yish uchun ham juda zarur.

Shu maqsadda viloyat turizmni rivojlantirish hududiy boshqarmasi va tegishli tashkilotlar tomonidan ko‘llar hududlarining turistik imkoniyatlari o‘rganib chiqilib, investitsiya kiritish sharti bilan taklif etiladigan maydonlar ro‘yxati shakllantirildi.

Ro‘yxat bo‘yicha ko‘llar hududida turizm inshootlarini barpo etish, turizm xizmatlarini qo‘yish bo‘yicha investitsiya kiritish sharti bilan umumiy sathi 80 ming 25 gektar bo‘lgan 53 ta maydon taklif etilmoqda. Ro‘yxatga kiritilgan maydonlarda 2 ta turistik kompleks, 10 ta mehmonxona, hotel, uy mehmonxonalar, 41 ta biliq ovi, ovchilik, suv sayyohligi bo‘yicha turistik bazalar barpo etish mo‘ljallangan.

Ayni paytda viloyat turizmni rivojlantirish hududiy boshqarmasi tomonidan taklif etilgan maydonlarga investorlarni jalb etish bo‘yicha tadbirlar amalga oshirilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-05-2019, 06:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 96) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют