» » Qashqadaryoda 40 mingta kitob ortilgan karvon tumanlarga yo‘l oldi

Qashqadaryoda 40 mingta kitob ortilgan karvon tumanlarga yo‘l oldi


Qashqadaryoda viloyat hokimi Zafar Ro‘ziyev tashabbusi bilan kitob targ‘ibotiga bag‘ishlangan “Kitob karvoni” aksiyasi o‘tkazildi. Bu haqda “Daryo”ga viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Kitob targ‘ibotiga oid ko‘rgazmalar bilan jihozlangan va turli janrlardagi 40 mingdan ortiq kitob yuklangan ushbu karvon Qarshi shahridan viloyatning barcha tuman va shaharlariga faollar va tashabbuskor yoshlar hamrohligida yo‘l oldi.

Tadbir doirasida nashriyotlar, kitob savdosi bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar, axborot-kutubxona va axborot-resurs markazlari tomonidan mahalliy nashriyotlarda chop etilgan yangi kitoblar ko‘rgazmasi, yoyma do‘konlarda kitob savdosi tashkil etildi.

“Qadrdon maktabimga kitob sovg‘a qilaman" xayriya aksiyacida to‘plangan kitoblar chekka qishloqlarda maktablarga va ko‘chma kutubxonalar tashkil etish uchun berilmoqda.

Tadbir doirasida, shuningdek, Qarshi tumanida “Besh tashabbus — besh imkoniyat” shiori ostida aksiya o‘tkazildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-05-2019, 09:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 95) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей...