» » “Shaytanat” serialidagi Anvar roli bilan tanilgan aktyor Bahrom Matchonov 17 yildan so‘ng O‘zbekistonga keldi (video)

“Shaytanat” serialidagi Anvar roli bilan tanilgan aktyor Bahrom Matchonov 17 yildan so‘ng O‘zbekistonga keldi (video)


“Shaytanat” serialida Anvar, “Kichkina tabib” filmida Shavkat, “Oyijon” filmida  esa Akbar rollari bilan tanilgan aktyor Bahrom Matchonov 17 yildan so‘ng O‘zbekistonga keldi.

Ayni kunlarda rejissor Jahongir Qosimov, prodyuser Zafar Yo‘ldoshevlarning “Ibrat” deb nomlangan filmida suratga tushish uchun tayyorgarlik ko‘rayotgan Bahrom Matchonov bilan jurnalist Feruz Muhammad suhbatlashdi.

Suhbat davomida aktyor AQShga qachon va nima uchun ketgani haqida gapirib berdi.

2002-yilda AQShga ketganman. U vaqtda teatrimizda katta iqsodiy qiyinchlik bo‘lgan edi. 2000-yillardan boshlab yurtimizda filmlar suratga olinishi ham kamayib ketdi. O‘shandan so‘ng AQShga ketishga majbur bo‘ldim. Oilamni ta’minlashim, qizlarimga yaxshi ta’lim berishim kerak edi. AQShga hech narsasiz ketganman, hattoki ketgan vaqtimda ingliz tilni ham bilmasdim.

Bahrom Matchonov, aktyor



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-05-2019, 10:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 119) ( 0) ( 117) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют