» » Zelenskiy Aleksandr Danilyukni Ukraina milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi kotibi etib tayinladi

Zelenskiy Aleksandr Danilyukni Ukraina milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi kotibi etib tayinladi


Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashiga sobiq moliya vaziri Aleksandr Danilyukni kotib etib tayinladi, deb xabar beradi “Korrespondent”.

Danilyuk Zelenskiyning saylov kampaniyasi vaqtida uning maslahatchisi bo‘lgan, bungacha esa Ukraina prezidentining hukumatdagi vakili, prezident ma’muriyati boshlig‘i o‘rinbosari va moliya vaziri lavozimlarida ishlagan.

“Bu masala hal. Qarorga imzo chekildi”, — deydi prezident administratsiyasi boshlig‘i o‘rinbosari Ruslan Ryaboshapka.

Danilyuk Ukraina bosh vaziri Vladimir Groysman bilan nizodan keyin 2018-yilda bo‘shatilgan edi.

19-may – Zelenskiyning inauguratsiyasidan bir kun avval Pyotr Poroshenko milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi kotibi lavozimidan Aleksandr Turchinovni bo‘shatgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-05-2019, 11:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют