» » Pepe uchun PSJdan 80 mln yevro talab qilindi

Pepe uchun PSJdan 80 mln yevro talab qilindi


PSJ “Lill” hujumchisi Nikolya Pepeni sotib olish bo‘yicha ishlamoqda. Bu haqda jurnalist Manu Lonjon o‘zining Twitter’dagi rasmiy sahifasida xabar berdi.

“Lill” 23 yoshli hujumchini faqatgina 80 million yevro evaziga qo‘yib yuborishi mumkin. Shu boidan ham PSJning takliflari ko‘rib chiqilmayapti. “Lill” hatto PSJ transferga biror-bir o‘yinchisini qo‘shgan taqdirda ham muzokaralar olib bormasligi ma’lum qilingan.

Ivuarlik futbolchi joriy mavsum Fransiya chempionatida 37 ta uchrashuv o‘tkazib, 22 ta gol urdi va musobaqa to‘purarlari bahsida Kilian Mbappedan (32 ta gol) keyin ikkinchi o‘rinni egallab turibdi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-05-2019, 14:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 97) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют