» » 6 yoshli Zarina yaxshi insonlardan najot kutmoqda

6 yoshli Zarina yaxshi insonlardan najot kutmoqda


2013-yil 20-iyulida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy tumanida tavallud topgan Zarina O‘rinboyeva o‘tkir limfoblastli leykoz, birinchi faol davrini boshidan kechirmoqda.  U Respublika Gematologiya va qon quyish ilmiy tekshirish instituti klinikasi 2-bolalar bo‘limida davolanmoqda.

Zarinaga 2018-yilda oqqon tashxisi ko‘yilgan.

Hozirgacha 4 kurs muolajalarini olgan. Navbatda asosiy kurslardan ikkitasi, qo‘shimcha qo‘llab- quvvatlovi kursidan 9 ta kurs, ya’ni ikki yillik davolanish muolajalari turibdi.

Oilaning moddiy tomondan qo‘li qisqaligi qizaloq uchun zarur bo‘lgan narxi qimmat dorilarni xarid qilish va kurslarni davom ettirish imkonini bermayapti.

Zarinaning onasi Saida Jumamuratovaning so‘zlariga ko‘ra, u hozirda farzandining salomatligini tiklash uchun Toshkent shahrida ijara uyda yashaydi.

Saida opa farzandiga qaragani uchun hozirda ishlay olmayapti.

Oila boshlig‘i farzandining davolanish xarajatlaridan tashqari har oy ijara uchun 120 AQSh dollari to‘laydi. Ijara to‘lovini to‘lashga ham oilaning imkoniyati yetmay qolgan.

Shu bois Zarinaning oilasi ayni vaqtda moddiy ko‘makka muhtoj. Bir olam orzular bilan hayot uchun kurashayotgan Zarinadan yordamingizni ayamang! Unga imkon qadar xolis moddiy tomondan yordam beraylik!

Saxovatpesha yurtdoshlarimizdan imkon qadar Zarinaxonni sog‘ayishida xolis moddiy yordam berishlarini so‘rab qolamiz.

Xayriya qilmoqchi bo‘lganlar uchun kerakli ma’lumotlar:

Plastik karta orqali: (Click, Payme)

Onasi Jumamuratova Saida nomiga ochilgan

Xalq banki: 8600 0602 1743 7293 

Xorijdan bankdan mablag‘ yubormoqchi bo‘lganlar uchun onasini pasport ma’lumotlari:

Jumamuratova Saida Baltabayevna 

Pasport raqami: KA 1124194

Onasi Saida opaning telefon raqami: 

+998913789189



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-05-2019, 15:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 97) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют