» » Fotogalereya: Ichida qadimiy artefaktlar yashiringan 5 haykal

Fotogalereya: Ichida qadimiy artefaktlar yashiringan 5 haykal


Har qanday tarixiy buyum olimlarga o‘tmish haqida juda ko‘p ma’lumot berishi mumkin. Qadimgi haykallar fan uchun qadrli hisoblanadi, ayniqsa uning ichida qiziqarli narsalar yashiringan bo‘lsa. Travel Ask tadqiqotchilarni hayron qoldirgan yodgorlik topilmalarining suratini taqdim etdi.

Ispan olimlari 240 yoshga to‘lgan Iso haykalini o‘rganganida ichidan 1777-yilda avliyo tomonidan yozilgan xatlarni topgan. Xatlarda u me’morning suratini chizgan, hosilning unumdor bo‘lgani va ichterlama epidemiyasi boshlangani haqida aytib o‘tgan.  Shuningdek, u aholi kasallik o‘tib ketishiga ishonib, yomon narsalar haqida o‘ylamayotganini ham ta’kidlagan.

2. Rohib skeleti

Budda haykalini o‘rganish paytida noyob hodisa yuz bergan. Uning ichidan 10-asrda vafot etgan rohibning yaxshi holatda saqlangan skeleti topilgan. Uning jasadi mumiyolangan, keyin ibodatxonaga joylangan. Biroq bir necha asrdan keyin skelet mo‘rtlashib qolgan. Shundan keyin u haykalga joylashtirilgan. Olimlarning fikriga ko‘ra, skeletni endi chiqarib olish mumkin emas, chunki u parchalanib ketadi.

3. Qadimgi banknot

Avstraliyada Xitoydan keltirilgan 640 yoshdan oshgan Buddaning byusti kimoshdi savdosiga qo‘yilganda, ichiga yashirilgan qadimgi noyob banknot topilgan. U 1371-yil chiqarilgan bo‘lib, puldan ham ko‘ra xatga o‘xshardi. Unda qalbaki pullarni ko‘rgan fuqarolar zudlik bilan rasmiylarga murojaat qilishi kerakligi yozilgan edi.

4. Haqiqiy tishlar

2014-yil Meksikada Iso tasviri tushirilgan yog‘och haykal qayta tiklashga topshirildi. U yerda esa haykalning og‘zida haqiqiy tishlar borligi aniqlandi. Haykalning og‘zi yopiq bo‘lgani uchun ichidagi narsani ko‘rishni iloji bo‘lmagan, bu faqat rentgen nurlari yordamida amalga oshirilgan. Rivoyatlarga ko‘ra, 17-18-asrlarda bu mamlakatda dinga e’tiqod qiluvchilar o‘zining tanasidan qaysidir bir qismini cherkovga tashlab ketish an’anasi bo‘lgan ekan.

5. Toza oltindan yasalgan Budda haykali

3 metrli Budda haykali 13-14-asrlarda va hozirda ham Bangkokda joylashgan. 19-asrda uni shaharga olib kelishganida, uning usti suvalgan edi. Shuning uchun hech qanday qiymatga ega bo‘lmagan.

Haqiqat esa 1955-yilda oshkor bo‘lgan. Haykal boshqa ibodatxonaga olib keltirayotganda to‘satdan tushirib yuborilgan. Suvoqning bir qismi ajralib tushgan, paydo bo‘lgan manzara esa hammani lol qoldirgan.

Ma’lum bo‘lishicha, shuncha paytdan beri uning ichida 18 karatli toza oltin saqlangan. 17-asrda birmingliklar mamlakati hududidan o‘tayotganda uni saqlash uchun usti suvab qo‘yilgan bo‘lgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-05-2019, 03:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 85) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют