» » Davlat tijorat sektoridagi ishtirokini kamaytirishda davom etadi

Davlat tijorat sektoridagi ishtirokini kamaytirishda davom etadi


Bu Prezidentning 2019-yil 21-maydagi PQ-4325-son qarorida nazarda tutilgan, deb ma’lumot beradi Norma axborot-huquqiy portali.

Joriy holatni o‘rganish shuni ko‘rsatdiki, davlat ishtirokidagi korxonalar va banklar ishidagi asosiy muammolar — past rentabellik, ba’zan sezilarli zarar ko‘rish. Bunga sabab — resurslarga xarajatlarning ortib borayotganligi hamda o‘zlari ishlab chiqarayotgan tovarlar va ko‘rsatayotgan xizmatlarning narxlari va tariflarini tartibga solish mexanizmlari takomillashmaganligi. Bunday subyektlardagi boshqaruv tuzilmasi ular faoliyatining samaradorligini oshirish uchun real stimullarga ega emas, deya qayd etiladi hujjatda.

Vaziyatni o‘nglash uchun Moliya vazirligi davlat ishtirokidagi korxonalar va banklarni restrukturizatsiya va isloh qilishni muvofiqlashtiruvchi etib belgilandi. Shu munosabat bilan idoraga qo‘shimcha funksiyalar yuklatildi, ularning bir qismi Markaziy bank, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, boshqa davlat organlari bilan yaqin hamkorlikda amalga oshiriladi.

Shuningdek, vazirlik tuzilmasi ham o‘zgardi, jumladan, quyidagilar tashkil etildi:

— Tarif siyosati va davlat korxonalariii isloh qilish bosh boshqarmasi (Sanoatning bazaviy tarmoqlari, yoqilg‘i-energetika majmui va geologiyani rivojlantirish moliyasi va tarifni tartibga solish bosh boshqarmasi negizida);

— Davlat ishtirokidagi tijorat banklarini isloh qilishii muvofiqlashtirish boshqarmasi.

Hujjat bilan nazarda tutilgan vazifalar qismida Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Vazirlar Mahkamasining Makroiqtisodiy tahlil, tarkibiy o‘zgartirishlar, moliya-bank tizimi va xususiy tadbirkorlik masalalari kotibiyatiga biriktirildi. Biroq ilgarigidek bevosita Prezident va Bosh vazirga bo‘ysunadi va hisobot beradi.

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 22.05.2019-yildan kuchga kirdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-05-2019, 06:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 34) ( 0) ( 33) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют