» » Germaniyaga safar chog‘ida O‘zbekiston uchun foydali nimalarni o‘rgandim?

Germaniyaga safar chog‘ida O‘zbekiston uchun foydali nimalarni o‘rgandim?


“Daryo” kolumnisti Yevgeniy Sklyarevskiy Germaniyaga safari chog‘ida amalga oshirgan diqqatga sazovor kuzatishlari haqida hikoya qiladi.

May oyida Germaniyaga ekologiya va suvni asrash muammolariga e’tiborni oshirishga bag‘ishlangan qo‘shma safar tashkil etildi. Bunda jurnalistlar, blogerlar, NNT vakillari, irrigatsiya instituti va suv xo‘jaligi vazirligi ishtirok etdi. Juda ko‘p qiziqarli va bilish muhim bo‘lgan ma’lumotlar, jumladan, Berlin shahar suv tarmoqlari va suvni tozalash jarayonlariga ekskursiya, katta ilmiy markazlarda, xususan, Fraungofer nomli xalqaro bilimlar boshqarish institutidagi uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston uchun xam qo‘llash mumkin bo‘lgan juda muhim va foydali ish bu qiyinlashib borayotgan Germaniya inftastrukturasi, yanayam boshqacharoq aytsak, ekotizimini o‘rganishdir. Turli tashkilotlarni bog‘lash,  kommunikatsiyalarini umumlashtirish, ularning g‘oyalarini siyosatchilar va  davlat rahbariyatiga olib chiqish eng qiyin vazifalardan biridir.

Suv muammolarini rasmiy darajada hal qilishda tabiatni muhofaza qilish, yadro xavfsizligi va atrof muhit mintaqaviy vazirligi asosiy ishtirokchilar hisoblanadi. Hamkorlik bo‘limi rahbari doktor Yurgen Keynxorstning aytishicha, vazirlik uch yo‘nalishda ish olib boradi:

- Germaniyaning Yevroittifoqdagi suvni tozalash qiziqishlari va ishtirokini ta’minlash. Xususan, Yevroparlamentda (may oyida deputatlarni qayta saylov jarayonlari o‘tishi kerak) suv muammolari va ekologiya bilan shug‘ullanuvchi maxsus komissiya bo‘lib, bular barcha mamlakatlarni shunga yo‘naltiradi. 70 foiz qarorlar Yevroittifoqda, qolgani mamlakat ichkarisida qabul qilinadi;

- Germaniyaning hamma yerida vazirlikning maqsadli ishtiroki, qonunlarni ishlab chiqish va qabul qilish, ekologiya va suv muammolari loyihalarini ishga tushirish;

- atrof muhitni asrash uchun OAV, NNT, deputatlar va fuqarolik jamiyati faollari harakatini ta’minlashdan iborat.

Vazirlikning bir yo‘nalishi xalqaro hamkorlikni O‘zbekiston bilan yo‘lga qo‘yganidir. U quyidagi yo‘nalishlarni o‘z ichiga  oladi:

- qiya tog‘lardagi tuproq unumdorligini saqlab qolish uchun eroziyadan himoya qilish, xususan, pistazorlarni ko‘paytirish; bu loyiha allaqachon amalga oshirildi;

- cho‘llardagi o‘simlik o‘sadigan hududni saqlab qolishda daraxtlarning o‘rnini o‘rganish;

- o‘rmonlar, Amudaryo bo‘yidagi to‘qaylarni o‘rganish va saqlab qolish loyihasi 5 yilga mo‘ljallangan bo‘lib, unga 3,5 million yevro ajratilgan;

- Xitoy tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan “Bir makon — bir yo‘l” doirasida shahar va hududlar insfrastrukturasini rivojlantirishda Yevropa standartlariga yaqinlashtirish loyihalarida vazirlik o‘zining ekspertlarini taklif qilmoqda.

Yurgen Keynxorst Germaniya yana bir qancha qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga tayyorligini ta’kidlab, bu uchun davlat yoki NNT tomonidan hamkor kerakligini aytdi. Markaziy Osiyoning hududiy ekologik markazi  rahbari Shahnoza Umarova MOXEM O‘zbekiston bilan hamkorlikka tayyorligini bildirdi.

Mintaqaviy vazirlikdan tashqari, ekologiya muammolari bilan siyosatchilar,  biznesmenlar va jamoat birlashmalari shug‘ullanadi. Ularning birgalikdagi umumiy harakati qanday amalga oshadi? Aynan shu haqda safar ishtirokchilaridan biri — DAA kompaniyasi (Deyekeling Arndt Advisors) maslahatchisi Margaret Vulf aytib o‘tdi.

Bizda, ya’ni O‘zbekistonda bunday kompaniya yo‘q, shu tufayli biz u kompaniya faoliyatini qiziqish bilan tingladik. Kompaniya asosan siyosatchilar, biznesmenlar,  olimlar, OAV va faollarning o‘zaro aloqalari bilan shug‘ullanadi. Margaret Vulf Bundestagda bir necha yil deputat bo‘lgani uchun siyosatchilar va boshqa segmentlar o‘rtasidagi aloqalarning muammolarini yaxshi biladi. Siyosatchilar unga har xil masalalarda maslahat so‘rab murojaat qiladi.

Biznesmenlar, olimlar va fuqarolar ekologiya tashkilotlari doimiy ravishda o‘zlarini qiziqtirgan muammolari yuzasidan gaplashish, umumiy yechimga kelish va siyosatchilarga taklif qilish uchun rasmiy uchrashuvlar o‘tkazadilar. Aynan mana shu tizim bizda yetishmaydi. Agar mana shunday vazirlar, deputatlar,  olimlar, biznesmenlar, OAV, NNT va ekologiya himoyasi uchun faol fuqarolarni birlashtirgan tizim bizda bo‘lganida, ularning muhokamalari tufayli konstruktiv yechimlar yuzaga kelgan bo‘lardi. Umid qilamanki, germaniyalik ekspertlar yordamida mazkur jarayonlar bizda ham boshlanadi.

Margaret 1980-yilda jamoatchilik yopiq va konservativ bo‘lganini xotirlaydi. Ana shu yillarda o‘rmonlarni saqlash, changlardan ifloslanishning oldini olish va h.k.ga qaratilgan harakatlar boshlanib, alaloqibat faollar yashillar partiyasi nomi ostida birlashadi va parlamentdan joy oladi. U davrlarda siyosatda ayollar deyarli yo‘q bo‘lib, deputatlar rasmiy kostyum-shimlarda yurgan bir paytda ekologlar o‘zlari istagan erkin kiyimlarda qo‘llarida gul bilan Bundestagga kelgan. Asta-sekin muloqot natijasida parlament ochiqlashib, ekologlarni qo‘llab-quvvatlash ommalasha boshladi. DAA kompaniyasi 1995-yildan buyon faoliyat ko‘rsatadi.

Oxirgi paytlar bizda ancha mashhur bo‘layotgan masala — korrupsiyaga qarshi kurashishga diqqatni qaratishni xohlar edim. WIN (Water Integrity Network) tashkilotida Barbara Shrayner bilan hamyurtimiz Umrbek Allaqulov uchrashivida ikki soat davomida suv bilan bog‘liq loyihalarda yuz beruvchi korrupsiya holatlari haqida gapirildi. Hindiston, Nepal, Albaniyada amalga oshirilgan loyihalardagi boy tajriba va tayyor keyslar bilan tanishtirishdi.

Axborotni tekshirish qanday kechishini, suv o‘lchagichlaridagi ishlatilgan suv miqdorni pasaytirish uchun pora berilganda xalq bilan qanday ishlash usullarini aytib o‘tishdi. Yana firibgarlar tenderda loyiha yutib olish uchun narxni avvaliga pasaytirib, keyinchalik qo‘shimcha sarf-xarajatlar haqida ma’lumot berib aldashini, aslida loyihada bo‘lgan quvur o‘rniga boshqa o‘lcham, sifatdagi quvurlar yotqizilishi va umuman deyarli har bir mamlakatda har safar takrorlanuvchi ana shunday holatlar bo‘yicha gapirildi. Bunda juda ko‘p omillar o‘rin tutadi: qonunchilik, OAV, shartnomalar va xaridlar ochiqligi, NNT bilan ishlash, axborotni himoya qilish, ko‘ngillilar bilan ishlash, manfaatdor taraflar qarshiligini yengish va boshqalar.

O‘zbekistonda aynan shu ma’ruza barcha istovchilar uchun qayta o‘tkazilsa, ushbu islohotlar o‘tkazilsa, zo‘r ish bo‘lardi. Birdaniga amalga oshmasligi mumkin — buning uchun infrastruktura shakllanishi, o‘shanday ekotizim va nazorat joriy qilinishi kerak. WIN’dan maslahatlar kutib qolamiz.

Yana bir biz uchun muhim qism. Bremen hamjamiyati va BORDA rivojlantirish markazi suvni saqlash, kanalizatsiya ekspluatatsiyasi bo‘yicha Hindiston, Afg‘oniston, Indoneziya va boshqa mamlakatdalarda xorijiy tadqiqotlar o‘tkazgan. Bu tashkilotlar vakillari O‘zbekiston bilan hamkorlik qilishga tayyorligini, ammo buning uchun davlat yoki biznesmenlar hamkorligi zarurligini ta’kidlab o‘tdi. Tashkilotlarimizdan tashabbuslarni kutib qolamiz, bu juda foydali hamkorlik bo‘lar edi.

O‘zbekiston uchun eng foydali jihatlarini o‘z nuqtai nazarimdan bayon qildim. Olingan bilimlar hali yanada mustahkamlanadi va muhokama qilinadi. Tur tashkillovchilariga rahmat. Mazkur tur #UzWaterAware loyihasi  doirasida, Yevroittifoq homiyligida va Markaziy Osiyo ekologik hududiy markazi tomonidan amalga oshirilganini eslatib o‘taman. UzWaterAware loyihasi milliy hamkori — O‘zbekiston suv xo‘jaligi vazirligi.

Muallif fikri tahririyat nuqtai nazaridan farq qilishi mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-05-2019, 09:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют