» » Parijda 45 mln yevro turadigan brilliant o‘g‘irlandi

Parijda 45 mln yevro turadigan brilliant o‘g‘irlandi


Gvineyaning sobiq prezidentlikka nomzodi Mari-Madlen Diubate Parij shahrida ikki nafar shaxs tomonidan o‘marib ketildi. Ayolning 45 million yevro turadigan brillianti yo‘qolib qolgan, deb xabar beradi “Korrespondent”.

Parisien nashrining ta’kidlashicha, ikki nafar noma’lum shaxs siyosatchi joylashgan Warwick mehmonxonasiga kelgan. Ular o‘zini qimmatbaho toshlarni baholash bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislar deya tanishtirgan.

Brilliantning qiymatini bilish maqsadida ayol ularni chaqirgan, biroq erkaklar qimmatbaho toshni almashtirish qo‘yishga ulgurgan. Diubate soxta toshni oradan ikki kun o‘tibgina payqab qolgan.

Fransuz politsiyasi mazkur o‘g‘irlik yuzasidan tergov ishlarini boshlab yuborgan. O‘g‘rilarning shaxsi va fuqaroligi haqida hozircha ma’lumot yo‘q.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-05-2019, 10:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 97) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют