» » Surxondaryo viloyati pillakorlari mamlakatda birinchi bo‘lib shartnoma rejasini ortig‘i bilan bajardi

Surxondaryo viloyati pillakorlari mamlakatda birinchi bo‘lib shartnoma rejasini ortig‘i bilan bajardi


Surxondaryo viloyati pillakorlari bugungi kungacha 1500 tonnadan ziyod “kumush tola” tayyorlab, shartnoma majburiyatini mamlakatda birinchi bo‘lib bajardi, deb xabar berdi viloyat hokimligi matbuot xizmati.

Viloyat qishloq xo‘jaligi boshqarmasidan ma’lum qilishlaricha, bu yil vohada serhosil, iqlim sharoitiga mos, kasalliklarga chidamli mahalliy navlardan 27300 quti ipak qurti parvarishlandi. O‘rtacha hosildorlik 60—61 kilogrammni tashkil etib, yalpi hosilning asosiy qismi yuqori navlarga qabul qilindi.

“Kumush tola”ning yuksak xirmoniga, ayniqsa, Jarqo‘rg‘on, Qumqo‘rg‘on, Muzrabot, Sherobod, Denov, Uzun va Boysun tumanlari pillakorlari munosib hissa qo‘shdi.

“Ipak qurti boqish hadisini puxta o‘zlashtirgan voha pillakorlarining bu muvaffaqiyatiga davlatimiz rahbari tashabbusi bilan tarmoqda olib borilayotgan izchil islohotlar, fermerlarni moddiy rag‘batlantirishga alohida e’tibor qaratilayotgani, xarid narxlari oshirilib, mablag‘lar mavsum boshidanoq bo‘nak sifatida berilgani, shuningdek, uy sharoitida pilla yetishtirish bilan shug‘ullanadigan fuqarolar daromad solig‘idan ozod qilinib, bir pilla mavsumi pillachilarga pensiya tayinlashda yillik ish staji sifatida hisoblanayotgani muhim omil bo‘ldi.

Mashaqqatli va sharafli mehnat evaziga qo‘lga kiritilgan bu g‘alaba bilan barcha pillakorlarimizni qizg‘in tabriklab, halol mehnatingizning rohatini ko‘ring, deymiz!”, — deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-05-2019, 12:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 114) ( 0) ( 111) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют