» » Zelenskiyga bolalarga atalgan Siyosat kitobi sovg‘a qilindi (video)

Zelenskiyga bolalarga atalgan Siyosat kitobi sovg‘a qilindi (video)


Kiyevda Kitob arsenalida “Knigolav” nashriyoti vakillari Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyga Siyosat haqida boshlang‘ich ma’lumotlar beruvchi bolalar kitobini sovg‘a qildi. “Korrespondent.net”ning xabar berishicha, nashriyot kitob taqdim etish jarayoni aks etgan videoni o‘zining Facebook’dagi sahifasida joylagan.

Kitob ukrain tilida 2019-yilda (ingliz tilidagi haqiqiy nashri esa 2017-yilda) chop etilgan. U o‘smir yoshdagi bolalar uchun yozilgan.

Подарували Президенту України Володимиру Зеленському нашу дитячу книжку «Політика для початківців». Він оцінив.

Geplaatst door Книголав op Donderdag 23 mei 2019

“Boshlang‘ich ma’lumotga ega bo‘lish uchun mo‘ljallangan Siyosat kitobi yosh kitobxonlarga mamlakatdagi boshqaruv, siyosiy tizim, mafkura va boshqa ko‘plab qiziqarli narsalar haqida ma’lumot beradi. Bizning mamlakatimizdagi o‘zgarishlar hatto eng kichik yoshdagilarda ham ko‘plab savollar tug‘diradi. Ushbu kitob ota-onalarga o‘z bolalariga inson huquqlari, so‘z erkinligi, feminizm, saylov va ovoz berish huquqi kabi tushunchalar haqida ma’lumot berishda haqiqiy yordamchi bo‘ladi”, — deb yozilgan kitobning annotatsiyasida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-05-2019, 15:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 113) ( 0) ( 110) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют