» » Termizda “O‘zbekiston — Afg‘oniston” chegaraoldi savdo zonasi ish boshladi

Termizda “O‘zbekiston — Afg‘oniston” chegaraoldi savdo zonasi ish boshladi


Surxondaryo viloyatida faoliyat yuritayotgan Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida o‘zbek—afg‘on biznes forumi o‘tkazildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Forum doirasida dastlab Termiz tumanidagi “Termiz kargo” eksport markazida tashkil etilgan “O‘zbekiston — Afg‘oniston” chegaraoldi savdo zonasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston va Afg‘oniston davlat idoralari hamda xususiy sektor vakillari ishtirokidagi tadbirda ikki qo‘shni mamlakat o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari so‘nggi yillarda yangi bosqichda rivojlanayotgani ta’kidlandi. Chegaraoldi savdo zonasi ushbu aloqalarini yanada mustahkamlaydigan o‘ziga xos do‘stlik ko‘prigi vazifasini o‘tashiga ishonch bildirildi.

Chegaraoldi savdo zonasida qo‘shni davlat ishbilarmonlari uchun barcha qulayliklar yaratildi. Bojxona terminali, mehmonxona, restoran va boshqa shoxobchalar afg‘on ishbilarmonlari xizmatida. Hujjatlarning “Bir darcha” tamoyili asosida taqdim etilishi rasmiylashtirish jarayonini to‘siqlarsiz, tez va sifatli amalga oshirishda muhim o‘rin tutadi.

Bu yerdagi pavilonlarda oziq-ovqat, yengil, charm-poyabzal, farmatsevtika, qurilish, avtomobilsozlik va boshqa sanoat korxonalarida ishlab chiqarilgan uch yuz turdan ortiq tayyor mahsulot ko‘rgazmaga qo‘yilgan. Marosim yakunida mehmonlar ana shu mahsulotlar bilan tanishdi.

Forum doirasida tovar ishlab chiqaruvchilarning taqdimotlari o‘tkazildi. Ikki davlat ishbilarmonlarining B2B shaklidagi uchrashuvlarida muzokaralar tashkil etilib, o‘zaro manfaatli hujjatlar imzolandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-05-2019, 16:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 93) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют