» » Toshkentda qattiq maishiy chiqindilarni boshqarish loyihasiga 675 ming dollar miqdorida grant ajratildi

Toshkentda qattiq maishiy chiqindilarni boshqarish loyihasiga 675 ming dollar miqdorida grant ajratildi


Toshkent shahri va Toshkent viloyatining Bekobod shahrida qattiq maishiy chiqindilarni boshqarish bo‘yicha davlat-xususiy sherikligi asosida loyiha amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Bu haqda Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi ma’lumotiga tayanib Spot xabar qiladi.

Jahon bankining Global infratuzilma fondi (GIF — Global Infrastructure Facility) loyihani moliyalashtirish uchun umumiy qiymati 337,5 ming dollar miqdorida grant ajratdi.

Bundan tashqari mazkur loyiha uchun Osiyo taraqqiyot banki tomonidan ham 337,5 ming dollar miqdorida grant pullari ajratilgan. Mazkur grant asosan loyihaning birlamchi iqtisodiy-texnik o‘rganish va uni amalga oshirilishi mumkinligi va shakllarini tahlil qilishga qaratiladi.

Loyiha ikki bosqichli jarayondan o‘tadi:

— Loyiha konsepsiyasini tayyorlash;

— Texnik-iqtisodiy tahlil;

Ushbu jarayonda qonunda belgilanganidek, hukumat o‘z loyihalarini keng jamoatchilikka e’lon qiladi va qiziqish bildirgan investorlar o‘rtasida ikki bosqichli tender o‘tkaziladi.

Davlat eng kam xarjli rejani taqdim etgan taraf bilan sheriklik qiladi. Shundan so‘ng g‘olib chiqqan ishtirokchi bilan muzokaralar o‘tkazadi va bitim imzolanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-05-2019, 08:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 99) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют