» » Bali orolidagi Agung vulqoni otildi. Unga yaqin 9 ta qishloq kul ostida qoldi

Bali orolidagi Agung vulqoni otildi. Unga yaqin 9 ta qishloq kul ostida qoldi


25-mayga o‘tar kechasi Bali orolidagi Agung vulqoni otildi. Bu haqda Indoneziya tabiiy ofatlarni bartaraf etish agentligiga tayanib, “Korrespondent” xabar berdi.

The Associated Press nashrining yozishicha, vulqon otilishi to‘rt yarim daqiqa davom etgan. Lava oqimi 3 kilometr atrofga tarqalgan, unga yaqin 9 ta qishloq kul ostida qolgan.

Indoneziya hukumati vulqon hududida xavf darajasini oshirmadi, jarohat olganlar va halok bo‘lganlar haqida ma’lumot yo‘q.

Vulqondan otilgan kul sabab Bali xalqaro aeroporti tomon uchayotgan to‘rtta reys boshqa aeroportlarga yo‘naltirilgan, yana uchishi kerak bo‘lgan beshta reys bekor qilingan.

Agung vulqoni oxirgi marta 2017-yilning dekabrida otilgan bo‘lib, o‘shanda o‘n minglab mahalliy aholi evakuatsiya qilingan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-05-2019, 11:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 56) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют