» » O‘zbekistonda bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olishda Xitoy tajribasidan foydalaniladi

O‘zbekistonda bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olishda Xitoy tajribasidan foydalaniladi


O‘zbekistonda maktabgacha ta’limga bolalarni qamrab olish hamda pedagog-o‘qituvchilar malakasini oshirish bo‘yicha Xitoy tajribasi qo‘llaniladi. Bu haqda Toshkentda 24-may kuni o‘tkazilgan O‘zbekiston—Xitoy forumida Maktabgacha ta’lim vaziri o‘rinbosari Maqsudjon Yo‘ldoshev ma’lum qildi.

Uning aytishicha, 1,5 milliarddan ortiq aholisi bor mamlakatda bolalarning 80 foizi maktabgacha ta’lim muassasalari bilan qamrab olingan va bu — juda katta yutuq. “Bizda esa bu ko‘rsatkich 38 foizni tashkil etadi. O‘zbekistonda bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish darajasini keskin oshirish bo‘yicha Xitoy tajribasi ommalashtiriladi. Qamrovni kengaytirish bilan birga pedagog-o‘qituvchilarning malakasini oshirish bo‘yicha ham kelishib olindi”, — dedi Yo‘ldoshev.

Forumda Xitoyning ta’lim va madaniyat markazlarini o‘zida birlashtirib, xalqaro miqyosda gumanitar faoliyat olib boruvchi “Sun Sinlin jamg‘armasi” vakillari ham qatnashdi. Jamg‘arma raisi Sun Sinlinning aytishicha, barcha tadbirlar “Eng yaxshi narsalar bolalar uchun” shiori ostida amalga oshiriladi. Xitoylik ishbilarmonlar intellektual rivojlantiruvchi o‘yinchoqlar va o‘yin uskunalari, shuningdek, ekologik toza yog‘ochdan o‘yinchoqlar ishlab chiqarish bo‘yicha o‘zbekistonlik hamkasblari bilan muzokaralar o‘tkazgan.

Yo‘ldoshevning qo‘shimcha qilishicha, Xitoyda bolalarni ijtimoiy-hissiy rivojlanishi uchun o‘yinchoqlar mahalliy tadbirkorlar tomonidan ishlab chiqariladi. “Ular o‘yinchoq ishlab chiqarish jarayoniga o‘z milliy qadriyatlari va madaniyatidan kelib chiqqan holda yondashadi. Xitoylik hamkorlar bilan O‘zbekistonda o‘yinchoq ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishdan asosiy maqsad — milliyligimizni o‘yinchoqlarda aks ettirish va ularning sifatini oshirishdir”, — dedi u.

Maktabgacha ta’lim vazirligi qoshidagi Axborot va pedagogik texnologiyalar innovatsion markazi va Xitoyning ta’limni rivojlantirish va dasturiy ta’minot ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi korxonalari o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumlari imzolandi. Shuningdek, maktabgacha ta’lim sohasi mutaxassislarining malakasini Xitoyda oshirish, stipendiyalar dasturi va ilmiy unvonlarni joriy etish yo‘nalishida ham hamkorlikni yo‘lga qo‘yish muhokama qilingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-05-2019, 19:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 95) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют