» » AQSh Moliya vazirligi qullikka qarshi harakat qahramoni aks etgan banknotlarning chiqarilishini 8 yilga kechiktirdi

AQSh Moliya vazirligi qullikka qarshi harakat qahramoni aks etgan banknotlarning chiqarilishini 8 yilga kechiktirdi


AQSh Moliya vazirligi 2020-yilda Amerikada qullikka qarshi harakat ishtirokchilaridan bo‘lgan Garriyet Tabmen portreti aks etgan banknotalarni chiqarishdan bosh tortdi. Bu haqda Meduza xabar berdi.

Moliya vaziri Stiven Mnuchinning ma’lum qilishicha, 20 dollarlik banknotalar dizayni 2028-yilgacha o‘zgarmaydi.

Banknota dizaynini o‘zgartirish haqida qaror qilarkan, vazir birinchi navbatda ularning qalbakilashtirilishini oldini olish ko‘zda tutilganini tushuntirgan. “Shundan kelib chiqqan holda dastlab 10 va 50 dollarlik kupyuralar yangi dizaynda chiqariladi”, — degan Mnuchin.

Tabmen portreti aks etgan banknota dollarda afroamerikalik surati tushirilgan birinchi holat bo‘lishi kutilmoqda. Bundan tashqari, qullikka qarshi harakat qahramoni XIX asr oxiridan beri dollarga portreti tushirilgan birinchi ayol bo‘ladi.

AQSh Moliya vazirligi 20 dollarlik banknotalarda Tabmen portretini joylash rejasi haqida 2016-yilda e’lon qilgan. Vazirning ma’lum qilishicha, uning portretini joylash ko‘pchilik amerikaliklar murojaatiga ko‘ra tanlangan.

Ayol portreti tushirilgan banknotalar chiqarish ayollar ovoz berish huquqi to‘g‘risida AQSh Konstitutsiyasiga 19-o‘zgarish kiritilganining 100 yilligi kuniga mo‘ljallash rejalashtirilgan edi.

Amaldagi 20 dollarlik kupyurada AQShning yettinchi prezidenti Endryu Jekson portreti tushirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-05-2019, 20:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют