» » Komil Allamjonov kutubxonasi buzilayotgan rishtonlik Dima Qayumga boshqa joyda birgalikda kutubxona qurishni va’da qildi

Komil Allamjonov kutubxonasi buzilayotgan rishtonlik Dima Qayumga boshqa joyda birgalikda kutubxona qurishni va’da qildi


Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi rahbari Komil Allamjonovga ijtimoiy tarmoqlarda Dima Qayum taxallusi bilan tanilgan rishtonlik tadbirkor va bloger Dilshod Boltaboyevdan murojaat kelib tushgan.

U ushbu murojaatida Rishton bozori, shu qatorda, do‘koni va kutubxonasi buzilayotganini bildirib, yordam so‘ragan.

“Murojaatingizda aytilgan masala atroflicha o‘rganildi va uni hal etish choralari ko‘rilyapti. Sizga telefon orqali qo‘ng‘iroq qilib aytganimdek, bugungi kunda tumanda bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari boshlangan. Biz viloyat hokimi Shuhrat Madaminovich bilan kelishgan holda, sizning kutubxonangiz o‘z faoliyatini davom ettirishi uchun kerakli choralarni ko‘ryapmiz. Kutubxona uchun tumandagi eng yaxshi joyni tanlasangiz, o‘sha yerda birgalikda kutubxona quramiz”, — deya ushbu murojaatga munosabat bildirgan agentlik rahbari.

Allamjonovga ko‘ra, agentlik kitobxonlikni targ‘ib qilishga bel bog‘lagan har bir kishini himoya qilish, qo‘llab-quvvatlash va yordam berishga tayyor.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-05-2019, 08:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 31) ( 0) ( 29) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют