» » Sherobodda yana bir sement zavodiga tamal toshi quyildi

Sherobodda yana bir sement zavodiga tamal toshi quyildi


Sherobod tumanining Ko‘hitang qishlog‘ida Janubiy Koreyaning NCG Engineerring kompaniyasi bilan hamkorlikda qurilayotgan yirik sement zavodiga ilk tamal toshi quyildi. Bu haqda “Daryo”ga Surxondaryo viloyati hokimligi axborot xizmati ma’lum qildi.

Shu munosabat bilan uyushtirilgan tadbirda Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov va NCG Engineerring kompaniyasi bosh direktori Jang Il Kveon ishtirok etdi.

Loyiha qiymati 170 million dollar bo‘lgan zavod ishga tushgach, yiliga 1 million tonna sifatli portland sement ishlab chiqariladi.

Korxona mahsulotlari ichki bozor talbalarini to‘ldildirish bilan birga xorijga ham eksport qilinadi. Korxonada 400 nafardan ortiq mahalliy aholining bandligi ta’minlanadi.

Nafaqat Surxondaryo viloyati, balki mamlakat iqtisodiyotida alohida o‘rin tutadigan ushbu yirik sement zavodi 2021-yilda foydalanishga topshirilishi belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tumanda yiliga 1,5 millon tonna portland sement ishlab chiqaradigan zavodni ishga tushirgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-05-2019, 16:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 73) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют