» » Olmaotada XVI Yevrosiyo media forumi bo‘lib o‘tdi

Olmaotada XVI Yevrosiyo media forumi bo‘lib o‘tdi


Qozog‘istonning Olmaota shahrida 22—24-may kunlari Yevrosiyo media forumi bo‘lib o‘tdi.

Forumning birinchi kuni dunyoning turli burchaklaridan tashrif buyurgan media-ekspertlar turli mavzularda master-klasslar o‘tkazdi. Jumladan Reuters agentligining sobiq jurnalisti Nelson Greyvs ekologik jurnalistika, “Al Jazira” telekompaniyasining Contrast mediastudiyasi rahbari Zahra Rasul virtual reallik yaratish, kinorejissor, ssenariynavis va prodyuser Sergey Bodrov kinoda prodyuserlik qilish, Jenni Kliman frilanser bo‘lib ishlash, “TASS” agentligining fotoaxborot tahririyati rahbari Grigoriy Dukor fotojurnalistning sirlari, Ivo Borum mobil jurnalistika, Rossiyaning Birinchi kanalidan Yelena Afanasyeva TV auditoriyasi turli avlodlarining o‘ziga xosliklari va digital-media haqida master-klass o‘tkazdi.

23-may kuni forumning rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda forum tashkiliy qo‘mitasi raisi Darig‘a Nazarboyeva, Armaniston prezidenti Armen Sarkisyan, Qozog‘iston axborot va ijtimoiy taraqqiyot vaziri Dauren Abayev, Olmaota akimi Bauirjan Baybek va boshqalar ishtirok etdi. Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomard To‘qayevning forum ishtirokchilariga tabrik so‘zlarini Dauren Abayev o‘qib eshittirdi.

Forumning ikkinchi va uchinchi kunida “Globallashuv: dunyo taraqqiyotning yangi modellarini izlamoqda”, “Iste’mol inqirozi”, “Mass-media raqamli reallik: biz chaqiruvni qabul qilamiznu?”, “Sun’iy intellekt davri: insoniyat taraqqiyotimi yoki inqirozi?”, “Ishonch inqirozi: Global miqyosda kuchlarning bo‘linishi”, “Blogerlar: virtual olamning yangi rok yulduzlari?” kabi mavzularda majlislar o‘tkazildi.

60 ga yaqin mamlakatdan kelgan 600 dan ortiq delegatlar ishtirok etgan XVI Yevrosiyo media forumi 24-may kuni o‘z ishini yakunladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-05-2019, 07:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 91) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют