» » Toshkentda Jahon matbuot erkinligi kuni munosabati bilan media forum bo‘lib o‘tadi

Toshkentda Jahon matbuot erkinligi kuni munosabati bilan media forum bo‘lib o‘tadi


Toshkentda 3-may kuni media-makon vakillari bir davraga jamlanadi. Bu haqda “Daryo”ga Yoshlar media markazi ma’lum qildi.

May oyining ilk kunlarida jurnalistlar uchun har yili o‘tkaziladigan forumlarni tashkil etish O‘zbekistonda yaxshi an’anaga aylandi. Joriy yilda media xodimlarining navbatdagi uchrashuvini O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi qator mahalliy va xalqaro tashkilotlar hamkorligida ochib beradi.

Dastlab butun dunyo uchun dolzarb bo‘lgan “Global o‘zgarishlar davridagi jurnalistika, haqiqat va yolg‘on xabarlar, professionallik hamda bilimsizlik” mavzusidagi muhokamada yangi nuqtai-nazarlar va fikrlar yangrashi kutilmoqda.

So‘ngra “Besh tashabbus yoshlar media olami nigohida” mavzusida yoshlar media forumi o‘tkaziladi.

Forum O‘zEOAVMA a’zolari — hududiy teleradiostansiyalar xodimlarini turli nominatsiyalarda eng yaxshilarini aniqlash orqali rag‘batlantirishni maqsad qilgan “Jurnalistlar bahori — 2019” festivali bilan yakunlanadi. Ishtirokchilar O‘zbekistonda bu yil 14-marta o‘tkaziladigan an’anaviy “Oltin qalam” tanlovida ham ishtirok etadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-05-2019, 23:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют