» » Toshkentda 20—22-sentabr kunlari “Ta’lim va mutaxassislik” XIX xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi

Toshkentda 20—22-sentabr kunlari “Ta’lim va mutaxassislik” XIX xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi


Joriy yil 20—22-sentabr kunlari “Yoshlar ijod saroyi”da “Ta’lim va mutaxassislik” XIX xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda “Daryo”ga Yoshlar media markazi ma’lum qildi.

Ko‘rgazma O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, Savdo-sanoat palatasi, Oliy va o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamkorligida tashkil etilmoqda. Unda mahalliy va AQSh, Xitoy, Fransiya, Hindiston, Yaponiya, Germaniya, Latviya, Chexiya, Angliya, Malayziya,Vengriya, Ispaniya, Rossiya, Kanada, Shveysariya, Singapur kabi davlatlarning oliy o‘quv yurtlari, ularning O‘zbekistondagi filiallari, xorijda ta’lim olishga ko‘maklashuvchi tashkilotlar, nodavlat ta’lim muassasalari hamda o‘quv kurslari ishtirok etishi kutilmoqda.

Shuningdek, ko‘rgazma davomida raqobatbardosh, talab qilinayotgan mutaxassisliklar bilan tanishtiruvchi ta’lim dasturlari namoyish etiladi, bandlikka ko‘maklashuvchi markazlar, yirik kompaniyalar ishtirokida “Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi” o‘tkaziladi.

Ko‘rgazmada Toshkent shahridagi kasb-hunarga o‘rgatish markazi va xorijda ishlash istagida bo‘lgan yoshlar uchun Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi faoliyati bilan tanishish imkoniyati yaratiladi. Yoshlar ittifoqi tomonidan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Men tanlagan oliygoh” videoroliklar tanlovining taqdirlash marosimi ham bo‘lib o‘tadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-09-2018, 15:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 115) ( 0) ( 113) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют