» » Toshkentda to‘qimachilik va moda sanoati ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi

Toshkentda to‘qimachilik va moda sanoati ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi


Joriy yilning 5—7-sentabr kunlari Toshkent shahridagi “O‘zekspomarkaz” milliy ko‘rgazmalar majmuida UzTextile Expo 2018 birinchi to‘qimachilik va moda sanoati va “To‘qimachilik uskunalari va texnologiyalari — CAITME 2018” XII Markaziy Osiyo xalqaro ko‘rgazmalari bo‘lib o‘tadi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Poytaxtdagi International Hotel Tashkent mehmonxonasida tashkil etilgan matbuot anjumani ushbu xalqaro ko‘rgazmalarning o‘tkazilishi va ahamiyatiga bag‘ishlandi.

“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi boshqaruvi kengashi a’zosi J.Rustambekov, Iteca Exhibitions xalqaro ko‘rgazmalar kompaniyasi bosh direktori N.Hasanova va boshqalar mamlakat to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sohasini rivojlantirishga qaratilayotgan e’tibor shu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlarni yangi bosqichga ko‘tarib, bunda tizimga eng yangi texnologiyalarni jalb qilish, ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiyalash va o‘zaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlashga keng imkoniyatlar ochilayotganini ta’kidladi.

“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tizimidagi To‘qimachilik mahsulotlari reklamasi va marketingi agentligi hamda Iteca Exhibitions xalqaro ko‘rgazmalar kompaniyasi hamkorligida tashkil etilayotgan mazkur ko‘rgazmalar to‘qimachilik sohasidagi ishlab chiqarishning barcha bosqichlarini, ya’ni ip tolalaridan tortib, tayyor mahsulotgacha bo‘lgan jarayonlarni o‘z ichiga qamrab olgan.

UzTextile Expo 2018 birinchi to‘qimachilik va moda sanoati xalqaro ko‘rgazmasida O‘zbekiston, Belarus, Latviya, Tojikiston, Turkiya, Xitoy, Shveysariya, Hindiston davlatlaridan 103 ta kompaniya va firmaning ishtiroki kutilmoqda. Jumladan, unda O‘zbekistondagi to‘qimachilik jihozlari, tikuv-trikotaj mahsulotlari, ekologik toza xomashyodan erkak, ayol va bolalar kiyimlarini ishlab chiqarish, xomashyo yetishtirishga ixtisoslashgan 70 ga yaqin yetakchi, kichik va o‘rta biznes vakillari xorijlik hamkorlarga o‘z salohiyati va tajribalarini namoyish etish imkoniga ega bo‘ladi.

O‘zbekistonda 2017-yil boshida 293 ta eksportchi korxona mavjud bo‘lgan bo‘lsa, yil oxirida ularning soni 350 taga yetdi. Xorijiy davlatlarda tashkil etilgan 64 ta savdo uyi faoliyati tufayli eksport ko‘rsatkichlari sezilarli darajada ortgani e’tiborlidir.

“To‘qimachilik uskunalari va texnologiyalari — CAITME 2018” XII Markaziy Osiyo xalqaro ko‘rgazmasi to‘qimachilik uskunalari bo‘yicha MDH hududidagi eng yirik ko‘rgazma hisoblanadi. Bu yilgi ko‘rgazma qatnashchilarining 15 foizi mahalliy, 85 foizi xorijiy kompaniyalar vakillaridir. Xususan, u O‘zbekiston, Avstriya, AQSh, Belgiya, Buyuk Britaniya, Vengriya, Germaniya, Ispaniya, Italiya, Qozog‘iston, Niderlandiya, Janubiy Koreya, Rossiya, Turkiya, Fransiya, Xitoy, Chexiya, Shvetsiya, Shveysariya, Yaponiya, Hindiston kabi davlatlardan 372 ta kompaniya va firmalarni qamrab oladi. Ularning 20 foizdan ortig‘i birinchi marta ishtirok etadi.

Ko‘rgazma doirasida xalqaro konferensiya ham tashkil etiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-08-2018, 23:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 50) ( 0) ( 49) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют