» » Gamburgga birinchi bor kulayotgan Beluga kelib qo‘ndi (foto)

Gamburgga birinchi bor kulayotgan Beluga kelib qo‘ndi (foto)


Germaniyaning Gamburg shahrida birinchi bor Airbus Beluga XL keng fyuzelyajli transport samolyoti kutib olindi. Ushbu samolyot bu yerda sinov parvozlari va yuk ortish hamda tushirish ishlari boyicha sinovdan o‘tkaziladi, deb xabar qiladi DW.

Airbus Beluga XL samolyoti A33 modeli bazasida yaratilgan bo‘lib, u qanotlar va boshqa keng o‘lchamli ehtiyot qismlarni Fransiyadagi Tuluzga shahrida joylashgan zavodga, shuningdek, konsernning boshqa zavodlariga yetkazish uchun xizmat qiladi. Beluga o‘zining birinchi parvozini 2018-yilning iyulida amalga oshirgan. Samolyot 50 tonnaga yaqin yukni 4 ming kilometr uzoqlikka tashishga qodir.

Yangi Beluga Airbus A300-600ST modelidan uch barobar baland — taxminan olti qavatli uyning balandligiga teng. Uning ichiga bir vaqtning o‘zida A350 samolyotining ikkita qanotini joylashtirish mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-05-2019, 10:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 93) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют