» » Farg‘onada qarzdorligi bo‘lmagan fuqaroni aldab, pul undirmoqchi bo‘lgan MIB xodimi qo‘lga olindi

Farg‘onada qarzdorligi bo‘lmagan fuqaroni aldab, pul undirmoqchi bo‘lgan MIB xodimi qo‘lga olindi


Qarzdorligi bo‘lmagan fuqaroni aldab, pul undirmoqchi bo‘lgan MIB xodimi o‘tkazilgan tezkor tadbirda 600 ming so‘m bilan ushlandi, deb xabar berdi O‘zA.

Majburiy ijro byurosi Farg‘ona shahar bo‘limi energiya resurslari va suvdan foydalanish tartibini nazorat qilish sho‘’basi davlat inspektori Furqat Ahmadjonov nafs oldida o‘z burchini unutdi. U Marg‘ilon shahar “Nadirmat” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi X.Oripovning yashash xonadonidagi gaz tarmog‘iga qo‘yilgan hisoblagichni ko‘zdan kechirayotib, firibgarlikka qo‘l urdi. “Biling gaz” dasturida iste’molchining qarzdorligi mavjud emasligini bilgani holda qarzi bo‘lmasada unga tabiiy gazdan 1 million 400 ming so‘m qarzdorligi borligini aytib, qarzdorlikni to‘lashni noqonuniy talab qilgan.

X.Oripov tabiiy gazdan qarzdorligi mavjud emasligini, gaz uchun to‘lovni amalga oshirmasligini bir necha marotaba ta’kidlaganiga qaramasdan MIB xodimi pulni talab qilavergandan so‘ng unga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘rab, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilgan. Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Marg‘ilon shahar bo‘limi va MIB Farg‘ona viloyati boshqarmasi ichki xavfsizlikni ta’minlash sho‘’basi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda MIBning Farg‘ona shahar bo‘limi davlat inspektori F.Ahmadjonov firibgarlik bilan X.Oripovdan kimyoviy ishlov berilgan 600 ming so‘m miqdoridagi pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.

Jinoyat ishlari ishlari bo‘yicha Marg‘ilon shahar sudi tomonidan mazkur jinoyat ishi ko‘rib chiqilib, sudlanuvchiga tegishli jazo tayinlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-05-2019, 12:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют