» » Toshkent propiskasi qanchaga tushadi: poytaxtdagi “novostroykalar” narxlari

Toshkent propiskasi qanchaga tushadi: poytaxtdagi “novostroykalar” narxlari


UZ24 birlamchi uy-joy bozoridagi narx-navolar bo‘yicha qisqacha tahliliy material tayyorladi.

Kuzatuvlarga ko‘ra, poytaxtda yangi qurilgan yoki qurilayotgan turar joy majmualarida bir xonali uylarning umumiy maydoni o‘rtacha — 36 kvadrat metr, eng arzon bir xonali uyning bahosi — 140 million so‘mdan, ikki xonali uylarning umumiy maydoni o‘rtacha — 52 kvadrat metr, narxi — 208 million so‘mdan, uch xonali uylar umumiy maydoni o‘rtacha — 64 kvadrat metr, eng arzon narxi esa o‘rtacha — 258 million so‘mdan boshlanadi.

Toshkent shahrining Olmazor tumanida uylarning eng arzoni 1 kvadrat metr uchun (“novostroyka” qurilgan hudud va xonadonning joylashgan qavatiga qarab) 4,5 – 5,9 million so‘mga baholanmoqda.

Mirobod tumanida uylarning 1 kvadrat metri uchun eng arzon narxlari 5,4 – 7 million so‘m, Mirzo Ulug‘bek tumanida 4 – 6,2 million so‘m, Shayxontohur tumanida 4,7 – 6 million so‘m, Yunusobod tumanida 4,5 – 5 million so‘m, Yakkasaroy tumanida 4,9 – 5,2 million so‘mga teng.

Yashnabod tumanida eng arzon taklif 3,6 – 4 million so‘m, Bektemir tumanida eng arzon taklif 1 kvadrat metr uchun 4 million so‘m, Sergeli tumanida 4 – 5,2 million so‘m, Uchtepa tumanida 3,9 – 6 million so‘m, Chilonzor tumanida 4 – 5,5 million so‘mni tashkil etmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-05-2019, 14:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют