» » Sergelida og‘ir turmush sharoitidagi 100 nafardan ortiq ayolga zurur anjomlar taqdim qilindi

Sergelida og‘ir turmush sharoitidagi 100 nafardan ortiq ayolga zurur anjomlar taqdim qilindi


O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi va Toshkent shahar hokimligi hamkorligida poytaxt tumanlarida oilalarni o‘rganish ishlari davomida mavjud muammolar aniqlanib, ularni bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda. Bu haqda “Daryo“ga qo‘mita matbuot xizmati xabar berdi.

Jumladan, Sergeli tumanida o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida 106 nafar og‘ir turmush sharoitidagi xotin-qizlar aniqlandi.

Qo‘mita qoshida tashkil etilgan Xotin-qizlar va oilani qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan ularga yuzdan ortiq zaruriy anjomlar ajratildi.

Xususan, xotin-qizlarga nogironlik aravachalari, eshitish va yurish moslamalari, maishiy texnika — muzlatgich, kir yuvish mashinasi, tikuv mashinalari va yotoq anjomlari sovg‘a qilindi.

25-may kuni Sergeli tuman hokimligida tashkil etilgan mazkur tadbirda Bosh vazir o‘rinbosari, Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Tanzila Norbayeva ishtirok etdi va sovg‘alarni topshirdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-05-2019, 14:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 80) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют