» » O‘zbek o‘rigining birinchi partiyasi Hindiston bozorlariga yetkazildi

O‘zbek o‘rigining birinchi partiyasi Hindiston bozorlariga yetkazildi


Mahalliy ishlab chiqaruvchilarning eksport salohiyatini kengaytirish maqsadida O‘zbekistonning Hindistondagi elchixonasi Hindistonning meva va sabzavotlarini import qiluvchi Casa Bianca kompaniyasining vakillari bilan Namangan viloyatiga tashrif buyurdi. Bu haqda “Jahon” axborot agentligi xabar berdi.

Tashrif yakunida Hindiston tadbirkorlari delegatsiyasi Hindistonga meva va sabzavotlar, ayniqsa o‘rik eksporti uchun Namangan viloyatidagi fermer va dehqon xo‘jaliklari bilan shartnoma tuzdi.

Ushbu shartnomani amalga oshirish doirasida Hindiston bozoriga o‘zbek o‘rigining birinchi partiyasi topshirildi.

Fruit of Mother Nature – Made in Uzbekistan (“Ona tabiatning mevasi — O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan”) deb nomlangan maxsus paketlarda tayyorlangan o‘zbek mevalari Hindistonning eng yirik savdo tarmog‘i Big Bazaar orqali tarqatiladi.

Big Bazaar — bu Hindiston chakana savdo sohasida muhim o‘rin egallagan gipermarketlar va oziq-ovqat do‘konlari tarmog‘i hisoblanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-05-2019, 18:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 56) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют