» » O‘zbekistonda pitomniklar va plantatsiyalarni barpo etish tartibi belgilandi

O‘zbekistonda pitomniklar va plantatsiyalarni barpo etish tartibi belgilandi


Hukumat qarori (430-son, 25.05.2019-y.) bilan Yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklarni yetishtirish bo‘yicha pitomniklar va plantatsiyalarni barpo etish va ularning davlat hisobini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” Telegram-kanalida ma’lum qilindi.

Nizomga muvofiq, pitomniklar va plantatsiyalarda yetishtirilgan yovvoyi o‘simliklardan foydalanish uchun to‘lov hamda yig‘ish va tayyorlash uchun ruxsatnomalar talab qilinmaydi.

Pitomnik – daraxt va buta o‘simliklarining ko‘chatlari hamda nihollarini tabiatni muhofaza qilish uchun yetishtirishga ixtisoslashtirilgan xo‘jalik.

Plantatsiyalar suv muhofazasi zonalaridan tashqari, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar, o‘rmon fondi yerlari, zaxira yerlarda va boshqa yerlarda barpo etiladi.

Pitomniklar esa xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning yer uchastkalarida, o‘rmon xo‘jaligi va boshqa yerlarda barpo etiladi.

Pitomniklar va plantatsiyalarning reyestri Ekologiya va atrofni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan yuritiladi.

Pitomniklar va plantatsiyalarni reyestrga kiritish uchun plantatorlar ko‘chatlarni ekish to‘g‘risidagi dalolatnoma tuzilishidan ko‘pi bilan 15 kun oldin Ekologiya qo‘mitasiga hujjatlar taqdim etiladi.

Ko‘chatlar ekilishidan 7 kun avval ekologiya organining vakili ekish jarayonida ishtirok etishi uchun xabardor qilinadi.

Vakil ishtirokiga oid xabar olingan kundan 2 kun ichida ekologiya organi ekish jarayonida ishtirok etadigan vakil to‘g‘risida ma’lumotni taqdim etadi.

Plantator ekish ishlari yakunidan so‘ng 3 kunda ekologiya organlariga ekish dalolatnomasini yuboradi.

Ekologiya organlari 3 kunda pitomniklar va plantatsiyalarning reyestrga kiritilganligi to‘g‘risida qaror qabul qiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-05-2019, 20:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют