» » AQSh HDK uchuvchilari NUJ bilan uchrashuvlar haqida so‘zlab berdi. Noma’lum jismlar samolyotlarning radarlari almashtirilgach ko‘rina boshlangan

AQSh HDK uchuvchilari NUJ bilan uchrashuvlar haqida so‘zlab berdi. Noma’lum jismlar samolyotlarning radarlari almashtirilgach ko‘rina boshlangan


The New York Times gazetasi AQSh harbiy dengiz kuchlari (HDK)ning mamlakat sharqiy sohillaridagi parvozlar vaqtida noma’lum uchar jismlarga duch kelgan uchuvchilari bilan suhbatlashdi. Amerikalik jurnalistlar harbiylarning “Havo tahdidlarini keng ko‘lamli tanib olish dasturi” haqida avval ham yozgan, aynan shu dastur doirasida NUJlar bilan uchrashuv kabi hodisalar o‘rganilgan. Ushbu dastur yopilgani aytilgandi, biroq, The New York Times’ning yozishicha, dastur “boshqacha shakllar”da hamon amalda.

Noma’lum jismlar Virjiniyada joylashgan VFA-11 eskadrilyasi uchuvchilari tomonidan qayd etilgan. Bu 2014—2015-yillarda, ular Fors ko‘rfaziga jo‘nab ketish oldidan o‘quv parvozlarini amalga oshirgan vaqtda yuz bergan. Uchuvchilarning ayrimlarning The New York Times bilan ismini oshkor etmaslik sharti bilan gaplashgan, ikki uchuvchi esa shaxsini yashirmagan — bular leytenant Rayan Greyvz va Denni Akkoyn.

Gazetaning yozishicha, uchuvchilar F/A-18 Super Hornet qiruvchi-bombardimonchi samolyotlaridagi 1980-yillarga mansub radarlar zamonaviylariga almashtirilganidan keyin g‘alati ob’ektlarni payqay boshlagan. Avvaliga ular radar ko‘rsatmalarini yolg‘on deb o‘ylagan, shuningdek, obyektlarning o‘zini ko‘rmagan. Leytenant Akkyonning so‘zlariga ko‘ra, radar birinchi marta uchar jismni qayd etganida, u shlemiga o‘rnatilgan kamera orqali uni ko‘rolmagan. Oradan bir necha kun o‘tib, u NUJni nishonga olib, infraqizil spektrda qayd etishga muvaffaq bo‘lgan, lekin obyektni baribir o‘z ko‘zlari bilan ko‘rmagan.

Greyvzning aytishicha, obyektlar turli balandliklarda paydo bo‘lardi — ba’zan dengiz sathida, ba’zan undan to‘qqiz kilometrgacha yuqorida. Ular birdan sekinlashar yoki birdan tez harakat qilishni boshlardi, ayrim vaqtlarda hatto gipertovush tezligida uchardi. Jismlarning dvigateli bor-yo‘qligi sezilmagan, infraqizil spektrda esa ulardan gaz chiqayotgani ko‘rinmagan. Leytenantning qayd etishicha, bu apparatlar juda ko‘p quvvat sarflagan, lekin 12 soatlab — “biz kutganimizdan 11 soat ko‘proq” havoda bo‘lgan.

Noma’lum uchar jismlarning AQSh HDK uchuvchilari tomonidan olingan videosi

Avvaliga uchuvchilar bu obyektlarni yangi dronlarni tayyorlash bo‘yicha maxfiy dasturning bir qismi, deb o‘ylagan, biroq 2014-yil oxirida ikki samolyot NUJ bilan to‘qnashib ketishiga bir bahya qolganidan so‘ng, bu fikrdan qaytgan. Greyvzning so‘zlariga ko‘ra, xizmatchilardan biri boshqa samolyotdan 30 kilometr masofada uchgani va shu vaqt ikki samolyot orasidan obyekt uchib o‘tganini aytgan — u xuddi kub ichiga qamab qo‘yilgan sharga o‘xshash jismni ko‘rgan. Eskadrilya a’zolari hukumat uchuvchilarning hayotini xavf ostiga qo‘yib, harbiylar mashg‘ulot o‘tkazayotgan joyda dronlarni sinovdan o‘tkazishi mumkin emas, degan fikrga kelgan va rahbariyatga hodisa haqida hisobot yuborgan. Fors ko‘rfaziga jo‘natilganidan so‘ng, bu uchuvchilar NUJlarga qayta duch kelmagan.

Uchuvchilar The New York Times’ga bergan intervyularida o‘zlari ko‘rgan NUJlarning qayerdan paydo bo‘lgani haqidagi taxminlarni aytishdan bosh tortgan. Astrofizik Leon Golub gazeta uchun bergan izohida ta’kidlashicha, bu jismlarning o‘zga sayyoralarga mansubligi ehtimoli juda kam — uning aytishicha, bu yo qurilmalardagi nosozlik, yoki atmosfera hodisalaridan tortib yuqori tezlikdagi parvoz vaqtida yuz beradigan “nevrologik yuklamalar” hosilasi bo‘lishi mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-05-2019, 01:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 61) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют