» » Everestda 300 kishilik navbat yuzaga keldi. Ikki alpinist cho‘qqini zabt etishi bilan halok bo‘ldi

Everestda 300 kishilik navbat yuzaga keldi. Ikki alpinist cho‘qqini zabt etishi bilan halok bo‘ldi


22-may kuni Everestga 200 dan ortiq odam ko‘tarildi — The Kathmandu Post’ning yozishicha, bu jahonning eng baland nuqtasini bir kunda zabt etgan alpinistlar soni bo‘yicha rekord ko‘rsatkichdir. Tog‘ cho‘qqisiga ko‘tarilishda navbat yuzaga kelgan: katta ehtimol bilan, aynan shu navbat sabab ikki kishi — 55 yoshli amerikalik Donald Kesh va 54 yoshli Hindiston fuqarosi Anjali Kulkarni vafot etgan. Ular cho‘qqidan tushish vaqtida halok bo‘lgan. Har ikkisining vafoti “o‘lim hududi” deb ta’riflanadigan 8 ming metrdan yuqori balandlikda qayd etilgan: bu yerda nafas olish uchun kislorod yetishmaydi. Everestda halok bo‘lganlarning aksariyati aynan “o‘lim hududi”da jon taslim qilgan. Evakuatsiyaning murakkabligi bois, ko‘pincha ularning jasadlari tog‘ yon-bag‘irlarida qolib ketadi.

Anjali Kulkarni va uning eri Mumbayda reklama agentligiga ega edi; o‘g‘lining aytishicha, ular Everestni zabt etish orzusi bilan hamma ishlarni yig‘ishtirib, safarga chiqqandi. Er-xotin 22-may kuni cho‘qqiga ko‘tarilishda uch soat navbatda qolib ketgan. Ekspeditsiya vaqtida Kulkarnilar juftligiga yo‘lboshchilik qilgan Arun Treks and Expeditions agentligining rahbari Tupden Sherpa so‘zlariga ko‘ra, sayyohlar Everestga chiqqan, biroq kutish vaqtida haddan tashqari ko‘p kuch yo‘qotgan. Yo‘lboshchi-sherplar Anjaliga cho‘qqidan tushishga yordam bergan, biroq qaytish vaqtida ular yana navbatda qolib ketgan. Ekspeditsiya agentligi rahbarining ma’lum qilishicha, ayol “kuchli charchoq”dan vafot etgan. Uning ahvoli og‘irlashib qolgan erini sherplar lagerga yetkazib olib borgan.

Cho‘qqidagi navbat, aftidan, o‘sha kuni halok bo‘lgan yana bir kishi — Donald Keshning ham ahvoliga ta’sir qilgan, degan fikrda unga yo‘lboshchilik qilgan Pioneer Adventure agentligi rahbari Pasang Tenye Sherpa. Amerikalik erkak cho‘qqini zabt etganidan so‘ng darhol hushini yo‘qotgan. O‘lim sababi sifatida tog‘ kasalligi ko‘rsatilgan. Kesh barcha qit’alardagi eng baland cho‘qqilarni zabt etish uchun AQShning Yuta shtatidagi sotuv bo‘yicha menejer lavozimidan bo‘shagan edi. Alpinistning o‘g‘li aytishicha, otasi o‘limi oldidan unga xabar yo‘llagan: u o‘zi “40 yil o‘qigan cho‘qqida turganidan baxtiyor”ligini tan olgan.

Everest cho‘qqisiga chiqish uchun 22-may kuni yuzaga kelgan navbatning suratini alpinist Nirmal Purya ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qildi. U avval ham shunga o‘xshash holatlarga duch kelganini, biroq hech qachon bunchalik balandda bu qadar ko‘p odamni uchratmaganini ta’kidlagan (Puryaning hisob-kitobiga ko‘ra, navbatda 300 dan ortiq odam bo‘lgan). Pioneer Adventures menejeri Nivesh Karkining fikricha, cho‘qqidagi tiqilinch havo ochiqligi sabab yuzaga kelgan. “Havo bulutli bo‘lgan vaqtda Everestga ko‘tarilish mumkin emas. Shu bois, havo yaxshilanishi bilan, hamma cho‘qqiga ko‘tarilishga harakat qiladi”, — dedi u The New York Times’ga. Everestning bazaviy lageridan ma’lum qilishlaricha, 22-may kuni cho‘qqidagi navbatda kutish vaqti ikki soatdan kam bo‘lmagan.

View this post on Instagram

On 22 nd of May, I summited everest at 5:30 am and lhotse 3:45 pm despite of the heavy traffic ( roughly 320 people ). Today I have just arrived at the Makalu base camp, I will be going for the summit push from the base camp directly. . Like it, tag it and share it if you love how the project possible 14/7 is rolling ???????? . I will update more once I’m done with Makalu . Much love to all my supporters and sponsors. @antmiddleton @bremontwatches , DIGI2AL, @hamasteel , @summitoxygen Royal Hotel, Ad construction group, MTC/FSI , @everence.life @brandingscience Premier Insurance, OMNIRISC, Intergage @inmarsatglobal . . . . #nimsdai #believer #uksf #sbs???? #projectpossible #14peaks7months #persistence #humanendeavour #selfbelief #positivemindset #beliveinyourself #elitehimalayanadventures #alwaysalittlehigher

A post shared by Nirmal Purja MBE - Nims (@nimsdai) on

Alpinistlar Everestga Nepal tarafdan, ba’zan Tibet tomondan ko‘tariladi. Cho‘qqini zabt etish bo‘yicha bahorgi mavsum aprel oxirida ochilib, odatda may oyining oxirigacha davom etadi. Nepal bu yilgi mavsumni 14-mayda ochdi. 10 kun ichida tog‘da yetti kishi halok bo‘ldi. Taxminlarga ko‘ra, Kesh va Kulkarnidan tashqari, yana kamida bir alpinist navbatda uzoq vaqt kutib qolish oqibatida o‘lgan bo‘lishi mumkin.

Everestda birinchi marta tiqilinch yuzaga kelayotgani yo‘q. 2012-yili nemis alpinisti Ralf Dujmovits o‘zining mashhur suratini e’lon qilgandi — unda 8 ming metrdan balanddagi tog‘ yon-bag‘irlarida bir necha yuz kishidan iborat “zanjir” cho‘qqiga ko‘tarilish uchun o‘z navbatini kutib turgani aks etgan. Dujmovitsning o‘zi o‘sha kuni Everestni zabt etish fikridan qaytgan. “Bu navbatlar alpinistlarni o‘ldirishini anglamoq kerak. Navbatda qancha ko‘p odam bo‘lsa, shuncha kam odam ortga qaytadi... Bu tog‘ turizmi emas, balki sovrin ortidan quvish”, — degandi u 2013-yili.

'The Human Snake' taken by Ralf Dujmovits on Lhotse Face, Everest. Infamous pic from last season #busy pic.twitter.com/F0Gx3zgKBH

— Jim Martin (@jimfingerz) April 30, 2013

O‘shandan beri Everestni zabt etish istagidagilar soni ko‘paysa ko‘paydiki, kamaygani yo‘q — hatto cho‘qqini zabt etish ruxsatnomasi narxi chet elliklar uchun kamida 10 ming dollar ekani ham odamlarni to‘xtata olmayapti. Nepal o‘tgan bahorda 347 ta shunday ruxsatnoma bergan bo‘lsa, bu yil 381 ta ruxsatnoma tarqatdi. 2019-yil aprelida Twitter’dagi Everest Today sahifasida Everestga ko‘tarilishdagi eng xavfli joylardan biri — Kxumbu muzligida alpinistlar navbati yuzaga kelgani aks etgan surat paydo bo‘lgandi.

This is the scene of Khumbu icefall on April 19, as several climbers were on their way up high camps for the first rotation. https://t.co/EC4O5w22Vf #Everest2019 pic.twitter.com/OWOxT3bqlF

— Everest Today (@EverestToday) April 24, 2019



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-05-2019, 03:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 121) ( 0) ( 118) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют