» » Savodli bo‘lishmas, diplomga ega bo‘lish muhim. O‘zbekistonda oliy ta’lim muammolari haqida

Savodli bo‘lishmas, diplomga ega bo‘lish muhim. O‘zbekistonda oliy ta’lim muammolari haqida


“Daryo” kolumnisti, Janubiy Koreyaning Pusan chet tillar universiteti professori Azamat Akbarov O‘zbekistondagi oliy ta’lim muammolari haqida so‘z yuritadi.

O‘zbekiston ta’lim tizimining so‘nggi uch yil ichidagi faoliyati tahlili bilan tanishib chiqish va oliy ta’lim tizimining jahon standartlariga, aniqroq qilib aytsak, Bolonya jarayoni talablariga mos kelmaslik jihatlarini aniqlash juda foydali bo‘lar edi. O‘zbekistonda zamonaviy biznes-ta’limning rivojlanishi uchun alohida olingan OTMlar nuqtai nazaridan ham, umuman davlat nuqtai nazaridan ham butun oliy ta’lim tizimining raqobatbardoshliligini ta’minlash va oshirish zarur.

1999-yildayoq Jahon banki davlatlarning bilimlarga asoslangan iqtisodga o‘tish sxemasini belgiladi. Ushbu sxemaning asosiy qismlari munosib iqtisodiy instutitsional tizim, yuqori darajada rivojlangan inson kapitali, dinamik axborot infraqurilmasi va samarali milliy innovatsion tizimdan iborat. Oliy ta’lim tizimi faoliyatining maqsadi esa inson kapitalini rvojlantirish va milliy innovatsion tizimni shakllantirishdan iborat.

Keyingi 2–5 yil ichida mamlakatimiz oliy ta’limida jiddiy o‘zgarishlar sodir bo‘lishini ta’kidlab o‘tish lozim. Amalda ular erkin parvoz holatiga o‘tkazilishi kerak. OTMlar shu kungacha ular uchun davlat hal qilib kelayotgan ko‘plab muammolarni o‘zlari yechishga to‘g‘ri keladi. Bu muammolarning aksariyatini yechish uchun uchun katta moliyaviy mablag‘ sarf qilish talab qilinadi va bu ta’limning yuqori darajada tijoratlashuviga olib keladi. Tijoratlashuv sessiyalarda imtihonlarni qayta topshirish pullik bo‘lishidan boshlanib davlat hisobidan o‘qishning bekor qilinishigacha joriy qilinadi.

OTMlarning dolzarb muammolari — past saviyali kadrlar

Ta’lim xizmatlariga bo‘lgan talabning oshishi ta’lim muassasalari sonining oshishiga olib kelibgina qolmay, adolatsiz raqobatni ham keltirib chiqaradi. Ta’limning notizim olib borilishi xavfi mavjud, ya’ni o‘qitiladigan kurslar majmuasi soha o‘qituvchilarining bor-yo‘qligiga asoslanib tanlanadi. Ko‘p hollarda chiroyli nomlangan kurslar ortida obyektiv shaklda eski mazmun yotadi. Dasturlarni shakllantirish jarayonida, aksar oliy o‘quv yurtlari bilimlar tizimi haqida o‘ylamasdan, balki ta’lim xizmatlarining kompetent bo‘lmagan iste’molchisining talablarini qondirishga urinishadi.

Mutaxasislar yoshining qarib borayotganii zamonaviy universitetlarning dolzarb muammolaridan biridir. Yosh o‘qituvchilarni tayyorlash talabalar soni oshishi sur’atidan sekinroq o‘tmoqda. Shu sababdan universitetlar malaka saviyasi past o‘qituvchilarni ishga olishga majbur bo‘layotganliklari holatlari ko‘paygani kuzatilmoqda.

Universitetlar bilan birga davlat ham barcha imkoniyatlarni ishga solib professor-o‘qituvchilarning faolligini oshirishga intilishi lozim. Buning uchun ta’lim sohasida maoshlar miqdorini bosqichma-bosqich oshirish, grantlar taklif qilish yo‘li bilan ilmiy faoliyatni rag‘batlantirish lozim.

O‘zbekistonda oliy ta’limning eng ayanchli muammosi talabalarning iqtisodiyot talablariga bog‘liq bo‘lmagan bilimlari saviyasining pastligidir. Bu holatning arab davlatlarida sodir bo‘lgan vaziyatga — ko‘p sonli oliy ma’lumotli hisoblanadigan, biroq ishsiz yosh aholining mavjudligiga olib kelishi xavfi mavjud.

OTMlarning raqobatli ta’lim maydoniga chiqishi

Ta’lim sifati ilmiy tadqiqotlar saviyasi, ko‘lami bilan ham belgilanadi, OTMlarda esa bu ko‘rsatkichlar o‘qituvchilarning ilmiy darajalariga bog‘liq. To‘g‘risini aytadigan bo‘lsak, bu daraja yetarli saviyada emas. Xalqaro raqobatli ta’lim maydonga chiqish, chet el agentliklarida akkreditatsiyadan o‘tish ilmiy daraja saviyasi baland o‘qituvchilar o‘tkazadigan darslarning sifati yuqori bo‘lishini talab qilishi tabiiydir.

Oliy ta’lim oldida turgan yana bir vazifa Bolonya deklaratsiyasi talablari bilan integratsiyalashish va bu talablar darajasidan yuqoriroq natijalar ko‘rsatishdan iborat. Bolonya jarayoni industrial jamiyatga xos belgidir; O‘zbekiston raqobatbardosh bo‘lishi uchun yangi daraja, bosqichga — axborotlashgan jamiyat darajasiga o‘tishi juda ham zarur.

Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim rivojlanishining eng muhim yo‘nalishlari mamlakatning jahon ta’lim tizimiga integratsiyalashish maqsadlari va vazifalaridan kelib chiqqan. O‘zbekiston ta’lim tizimining 2021-yilgacha harakatlar strategiyasida ta’lim olganlik hujjatlari (diplom, sertifikatlar) boshqa mamlakatlarda tan olinadigan bakalavrlar, oliy ma’lumotli mutaxassislar va magistrlar tayyorlashga qaratilgan ustuvor yo‘nalishlar nazarda tutilgan.

OTMlar tomonidan professional muhitning yaratilishi

Oliy ta’lim vazirligi yangi ta’lim maydoni konsepsiyasini faol ishlab chiqishi lozim, va bu konsepsiyada Bolonya shartnomalari talablari bilan bir qatorda milliy ta’limning ustuvor yo‘nalishlari ham saqlanib qolinadi. Shu asnoda, oliy ta’limga birlamchi vazifasi professional jihatdan mobil, raqobatbardosh va kompetent mutaxassislarni tayyorlaydigan maxsus soha sifatida yangi sifat, ijtimoiy status berish lozim.

Jahon tajribasi biznes-ta’lim jiddiy munosabatni talab qilishini tasdiqlamoqda. Uni tor korporativ ta’lim doirasida olib bormaslik kerak. Iqtisodiy ta’lim sohasi, xususan biznes-ta’lim, ilg‘or texnologiyalar va ilmiy tadqiqotlarda maxsus bilimlar mavjudligini, hamkor OTMlar bilan axborot va intellektual almashinuv olib borilishini talab qiladi.

Mutaxassis malakalari sifati faqat ekspertlar tomonidan baholanishi mumkin, xuddi shunday ekspertlar professonal inson modeli, namunasini belgilashlari, zarur kompetensiyalarni aniqlab berishga qodir.

Biroq joriy ta’lim amaliyotining tahlili bugungi kunda bu ish yuqori ilmiy darajasi bilan farq qilishi, tanlanadigan kurslar sarasi bo‘yicha o‘qituvchilar taklif qilayotgan kurslarning mavzulari ko‘p hollarda pedagogik asoslanmagan va professional ahamiyatga ega emasligidan dalolat bermoqda.

Ta’lim xizmatlari bozorida raqobatning kuchayishi mutaxassislar tayyorlashda ham, universitet boshqaruvida ham yangi yondashuvlarga o‘tishni taqozo etadi. Raqobatda asosiy ustunlik ta’lim sifatiga o‘tadi.

Muammoning sababini qayerdan qidiraylik?

Mavjud ta’lim tizimi tubdan o‘zgarayotgan ijtimoiy tizimning zamonaviy talablariga javob bermaydi, inson shaxsiyati voqe axborot inqiloblariga moslasha olmaydi.

Muammoning asosiy sabablari quyidagilardan iborat:

Ma’muriy nuqtai nazardan, ilm sohasi vakili sifatida o‘qituvchi jamoa va hamda boshliqlar surbetligi va o‘zboshimchaligi oldida himoya qilinmagan. Shuning uchun jamiyatning eng savodli va iqtidorli insonlarining bu sohada ishlashlari amri mahol.

Millatning intellektual boyligidan unumli foydalanish universitet, akademik va turli sohalar tadqiqot muassasalarini tijorat turidagi tizimlarga — innovatsion va tadqiqot universitatleriga integratsiya birlashtirish yo‘li bilan hal qilinishi mumkin. Iqtisodiy ta’limning sifatiga o‘sib borayotgan talablarni qondirishga yo‘naltirilgan bunday yondashuv iqtisodiy universitet tranformatsiyasining quyidagi tamoyillarini taqozo etadi:

Fanlararo, muammo va loyihaga maxsus yo‘naltirilgan o‘qitish texnologiyalari mavjud innovatsion ta’limni rivojlantirish.

Akademik ta’lim va bilimlarning katta istiqbolli sohalarida ilmiy tadqiqot ishlarini integratsiya qilish asosida elita iqtisodchilarini oldindan tayyorlash.

Ta’lim tizimining raqobatdardoshligini ta’minlash nafaqat alohida OTMlarning, balki davlatning ham vazifalariga kiradi. Chunki ta’lim milliy xavfsizlik tizimining asosiy omili hamdir. Mamlakatimizda malakali raqobatbardosh mutaxassislar bizdan boshqa kimga ham kerak? Davlat ta’lim tizimidagi global strategik jihatdan muhim muammolarni kompleks ravishda OTMlarning mulkchilik shaklidan qat’iy nazar yagona dasturlar asosida hal qilishi lozim.

Davlatning butun oliy ta’lim tizimiga, mulkchilik shaklidan qat’iy nazar uning barcha subyektlariga ko‘rsatiladigan maqsadga qaratilgan ko‘maklashuvi iqtisodiy muvaffaqiyatlar va ijtimoiy boyliklarni yetkazib berish orasida muvozanatni ta’minlashda amalda natija beruvchi qurolga aylanishi mumkin.

Muallif fikri tahririyat nuqtai nazaridan farq qilishi mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-05-2019, 09:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 18) ( 0) ( 18) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют