» » O‘zbekiston va Turkmaniston chegarasida “Surxonobod” temir yo‘l stansiyasi ishga tushirildi

O‘zbekiston va Turkmaniston chegarasida “Surxonobod” temir yo‘l stansiyasi ishga tushirildi


O‘zbekiston va Turkmaniston chegarasida “Surxonobod” temir yo‘l stansiyasi ishga tushirildi. Bu haqda “Xalq so‘zi” xabar berdi.

Shu paytga qadar O‘zbekistonning janubiy qismida qo‘shni davlat bilan temir yo‘l orqali tashuvlar “Boldir” stansiyasi orqali amalga oshirilgan bo‘lsa, endi uning qatoriga yangi stansiya ham qo‘shildi.

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ, Bojxona qo‘mitasi, DXX Chegara qo‘shinlari bilan hamkorlikda barpo etilgan stansiyada chegara posti va nazorat-o‘tkazish punktlari joylashgan. Bu yerda chegara, bojxona va boshqa davlat nazorati turlarini amalga oshirish uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan.

“Boshtransloyiha” AJ mutaxassislari ishlanmasiga ko‘ra bunyod etilgan yangi temir yo‘l nazorat o‘tkazish punktida qurilish-montaj ishlari “Termiz maxsus qurilish” UK ishchi-xodimlari tomonidan amalga oshirildi.

Stansiya joylashgan qariyb 4 kilometrga yaqin temir yo‘l qismi maxsus panjaralar bilan o‘ralgan. Temiryo‘lchilar, chegara va bojxona xodimlariga ham qulayliklar yaratilgan



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-05-2019, 09:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 27) ( 0) ( 25) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют