» » Shvarsenegger ijaradagi uyidan chiqarib yuborilayotgan 102 yoshli ayolning yonini oldi

Shvarsenegger ijaradagi uyidan chiqarib yuborilayotgan 102 yoshli ayolning yonini oldi


Kaliforniyaning sobiq gubernatori va taniqli aktyor Arnold Shvarsenegger 30 yil yashagan uyidan chiqarib yuborilayotgan 102 yoshli ayol bilan telefon orqali bog‘lanib, uning holidan xabar oldi, deb xabar beradi Forum Daily.

Telma Smit ismli ayol mart oyining boshida kvartiradan 90 kun ichida chiqib ketishi haqida xabar olgan. Hozirda Smit Sharqiy qirg‘oqbo‘yida istiqomat qiladigan qarindoshlari va do‘stlari unga yangi turar joy topib berishiga umid qilmoqda.

Shvarsenegger ayolning muammosini hal etishga va’da bergan. Shuningdek, u ijara beruvchilarga ham murojaat qilgan: “Siz hali mendan eshitasiz”.

“Butun umrini jamiyat uchun sarflagan 102 yoshli ayol bilan nima qilayotganingizni tasavvur qiling”, — deb yozadi aktyor o‘zining Twitter’dagi sahifasiga.

Los-Anjeles okrugi qonunchiligiga ko‘ra, uy egalari o‘z qarindoshlarini joylashtirish uchun u yerda istiqomat qilayotganlarni chiqarib yuborishi mumkin. Biroq bu holda ular uyga oxirgi bo‘lib ko‘chib kelgan odamdan boshlashlari kerak. Smit esa ijarachilarning huquqlari kuchsiz himoya qilinadigan Ladera-Xayts notijorat hududida yashaydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-05-2019, 10:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют